Yangi yetakchi. Eng yaxshi displeyga ega smartfon nomi ma’lum bo‘ldi
Huawei’ning yangi modeli 93 ball to‘plab, Samsung Galaxy S21 Ultra’ni ikki ballga ortda qoldirdi
1 daqiqa o‘qish38 000 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Huawei
Uzoq vaqtdan buyon DxOMark platformasida displeylar testi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Samsung o‘z o‘rnini Huawei P50 Pro’ga bo‘shatib berdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Foto: Huawei
Huawei’ning yangi modeli 93 ball to‘plab, Samsung Galaxy S21 Ultra’ni ikki ballga ortda qoldirdi va eng yaxshi displeyli smartfon nomiga ega bo‘ldi. Endilikda DxOMark reytingni quyidagicha ko‘rinish olgan:
Huawei P50 Pro — 93 ball;
Samsung Galaxy S21 Ultra — 91 ball;
Galaxy Note 20 Ultra — 90 ball.
Test natijalariga ko‘ra, displeydagi ma’lumotlar yaxshi o‘qiladi (70 ball) va ekran pirpiramaydi. Shuningdek, smartfon 82 ballni ekranga teginish va harakatlar hisobi natijasida qo‘lga kiritgan. Telefon rostdan ham borlagan asosiy soha — bu artefaktlar (turli xil buzilishlarning mavjudligi/yo‘qligi, masalan, rangli nuqtalar). U ushbu yo‘nalish bo‘yicha 86 ballni qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu smartfon testi borasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
P50 Pro modeli piksellari soni 2700x1125 bo‘lgan 6,6 dyuymli egilgan OLED-displeyga ega bo‘lgan. Ekranning yangilanish chastotasi flagmanlar uchun standart — 120 gerts, sensorli ekranning diskretizatsiya chastotasi esa 300 gertsga yetadi. Ekranning korpusga nisbati 91,3 foiz.
Avvalroq Huawei P50 Pro+ modeli 20 karrali optik va 200 karrali raqamli zumga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.