Turkiyaning Izmir shahri aholisi 31-iyul, shanbaga o‘tar kechasi meteorit tushishiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sabah gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, tungi vaqtda taxminan 1:54 da (Toshkent vaqti bilan 3:54) osmon yorishib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yerga meteorit yoki kosmik chiqindi bo‘lagi qulaganini taxmin qilmoqda. Meteorit qulagani haqidagi xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyulga o‘tar kechasi Sharqiy Norvegiya osmonidan meteorit uchib o‘tib, yerga qulagan edi. Norvegiya meteor tarmog‘i ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Izoh (0)