Daryo

Ko‘rinmas frontal kamera: ZTE Axon 30 taqdim etildi

Apparatga Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,92 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan, tasvir yangilanish chastotasi — 120 gerts

1 daqiqa o‘qish29 696 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Afisha.uz”

ZTE kompaniyasi frontal kamerasi ekran ostida joylashgan Axon 30 smartfonini taqdim etdi. Unda bundan oldingi ZTE Axon 20 modelidagi texnik xatoliklarni tuzatishga qodir yangi avlod kamerasidan foydalanilgan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: “Afisha.uz”

Apparatga Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,92 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan, tasvir yangilanish chastotasi — 120 gerts. ZTE muhandislari selfi kameraning har bir dyuymidagi piksellar zichligini 200 dan 400 ga qadar ochirgan va bu frontal kameraning kundalik foydalanishda ko‘rinmasligini ta’minlaydi.

Foto: “Afisha.uz”

Ekran ostidagi datchik 16 megapikselga ega bo‘lgan, asosiy kamerasi — 64 megapiksel bo‘lib, soniyasiga 4K sifatdagi 60 ta kadrni yozib olishga qodir. Shuningdek, 8 megapikselli ultra keng burchakli modul va 5 hamda 2 megapikselli qo‘shimcha ikkita datchik mavjud. Smartfondagi barmoq izi skaneri ekran ostiga o‘rnatilgan.

Foto: “Afisha.uz”

ZTE Axon 30 ichida Snapdragon 870 protsessori, 6/8/12 gigabaytli tezkor va 128/256 gigabaytli ichki xotira joylashgan. Qurilma avtonomligiga sig‘imi 4200 mA/soatga teng batareya javob berib, u 55 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega.

Yangi model savdolari Xitoyda 3-avgustdan boshlanadi. Rasmiy narxlar:
  • Axon 30 6/128 GB — 338 dollar;
  • Axon 30 8/128 GB — 384 dollar;
  • Axon 30 8/256 GB — 430 dollar;
  • Axon 30 12/256 GB — 476 dollar.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning avgustida ZTE ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartfonni taqdim etgandi, keyinroq ekrani ostida “ko‘rinmas” kameraga ega ushbu smartfon o‘zini oqlamagandi.

Mavzuga doir: ZTE kompaniyasi “2021-yilning eng kuchli kamerasiga ega” Axon 30 Ultra smartfonini taqdim etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar