Daryo

Yangi Jeep yo‘ltanlamasi suv ostida ham harakatlana oladi

To‘liq suv ostida bo‘lsa-da, yoritish tizimlari ishlayotgan Jeep Wrangler avtomobilining tizer-tasviri e’lon qilingan

1 daqiqa o‘qish35 836 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Yangi Jeep Wrangler Xtreme Recon yo‘ltanlamasi 85 santimetrgacha chuqurlikdagi suv to‘siqlarini bosib o‘tishi mumkin, biroq kelajak Jeep’i suv ostida ham harakatlanishga qodir bo‘ladi, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Jeep kompaniyasiga egalik qiluvchi Stellantis elektromobilining taqdimoti davomida to‘liq suv ostida bo‘lsa-da, yoritish tizimlari ishlayotgan Jeep Wrangler avtomobilining tizer-tasviri e’lon qilingan edi. Kelajakda bu haqiqatga aylanishi mumkin.

“Ehtimol, bu 2030-yildan keyin amalga oshsa kerak, ammo bilmadim, ko‘plab fanat va ishqibozlar bu haqida so‘ramoqda. Jeep hamjamiyatida bir nechta telba, juda hayratlanarli insonlar bor bo‘lib, hozirda ular ichki yonuv dvigateli bilan shu kabi ishlarni amalga oshirmoqda. Shunday ekan, akkumulyatorli elektromobil nimalarda qodir bo‘lishini tasavvur qilishingiz mumkin”, — deydi Jeep bosh direktori Kristian Menye.

Elektromobillarning havo kiradigan panjaralari va gaz chiqaradigan trubalari yo‘q, shu sababli nazariy jihatdan qurilmalar ishonchli himoyalansa, ular suv ostida ham ishlay oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida Jeep’ning Londondagi Yevropa ofisi dunyodagi eng ekstremal “steykeyshn-motel”ni ochgandi. Unda birgina nomer bor, biroq u yerdan 70 metr balandlikda — The O2 Arena ko‘ngilochar kompleksining tayanch ustunlarida joylashgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar