Daryo

Reyting: YouTube’da eng ko‘p ko‘rilgan o‘zbek kliplari 10 taligi (video)

O‘zbek shou-biznesi vakillarining videokliplari YouTube platformasida millionlab insonlar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilinadi

1 daqiqa o‘qish241 316 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbek shou-biznesi vakillarining videokliplari YouTube platformasida millionlab insonlar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilinadi.

Foto: “Daryo”

Kliplar orasida eng ko‘p tomosha qilinganlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1-o‘rin. Yulduz Usmonova hamda turk estrada xonandasi Yashar tomonidan kuylangan “Seni sevardim” videoklipi. Ushbu videoklip 115 846 000 dan ortiq tomosha qilingan.

2-o‘rin. Osman Navro‘zovning “Lyubimaya” deb nomlangan videoklipi 72 000 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

3-o‘rin. Rayhonning “Mayli manda” deb nomlangan videoklipi 57 522 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

4-o‘rin. Shahzodaning “Chicco” deb nomlangan videoklipi 56 173 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

5-o‘rin. Sevinch Mo‘minovaning “Ne bo‘ldi” deb nomlangan videoklipi 5-o‘rinda bo‘lib, mazkur videoklip “Baxt uchun million” filmining saundtreki hisoblanadi. Videoklip 51 570 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

6-o‘rin. Janob Rasulning “90-60” deb nomlangan videoklipi 47 000 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

7-o‘rin. Shohruhxonning “Yurak” deb nomlangan klipi esa 44 000 000 martadan ortiq ko‘rishlar soni bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

8-o‘rin. Sardor Rahimxon hamda Shohzamonning “Narxi qancha mehrni ayting” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan videoklipi 41 000 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

9-o‘rin. Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir” deb nomlangan videoklipi 40 000 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

10-o‘rin. Janob Rasulning “Yomonsan” deb nomlangan klipi 39 000 000 martadan ortiq tomosha qilingan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar