Daryo

Sotheby’s auksioni orqali raqamli avatar 11,7 mln dollarga sotildi

NFT-token ko‘rinishidagi Covid loti Natively Digital: Curated NFT Sale onlayn auksion doirasida xarid qilingan

1 daqiqa o‘qish43 464 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sotheby’s

Larva Labs studiyasi tomonidan Covid Alien nomi ostida yaratilgan niqobdagi erkak tasviri Sotheby’s auksioni orqali 11,75 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “Korrespodent.net”.

Foto: Sotheby’s

Savdolar 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. NFT-token ko‘rinishidagi Covid loti Natively Digital: Curated NFT Sale onlayn auksion doirasida xarid qilingan.

Covid Alien’dan tashqari, auksionda yana 25 ta NFT-token auksionga qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida “qadimiy” NFT-token — rassom Kevin Makkoemga tegishli Quantum geometrik animatsiyasi ham bor.

Ta’kidlash kerakki, 2017-yilda kompaniya ushbu seriya doirasida 24x24 piksel o‘lchamiga ega 10 mingta avatar yaratgan edi. May oyida ularning to‘qqiztasi jami 16,9 million dollarga sotilgan.

Foto: Twitter / Sotheby’s

Shunga qaramay, Covid Alien ular orasidagi qimmatiga aylandi.

Avvalroq AQShda 10 soniyali videorolik 6,6 million dollarga sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar