Daryo

Yozgi obrazingizga putur yetkazadigan aksessuarlar (foto)

Ushbu detallar sizning chiroyli obraz yaratishdagi barcha harakatlaringizni bekor qilishi mumkin. Ularni darhol tashlab yuboring

2 daqiqa o‘qish34 864 ko‘rishlar0 izoh0

Ushbu detallar sizning chiroyli obraz yaratishdagi barcha harakatlaringizni bekor qilishi mumkin. Ularni darhol tashlab yuboring!

Durli zakolkalar

Foto: “Domashniy ochag”

Bunday zakolkalar bir necha yil oldin urfda edi, ularni juda yaxshi ko‘rib taqishgandi, ammo bugun ular trendda emas. Aynan shu turdagi taqinchoqlar allaqachon eskirdi – ularning o‘rniga Bella Hadid uslubidagi yorqin plastik zakolka taqing.

Taqinchoqli bilaguzuklar

Foto: “Domashniy ochag”

Bilaguzukda qancha taqinchoq borligi muhim emas – yaxshisi, umuman bo‘lmagani yaxshi. Bunday bilaguzuklar o‘n yil oldin urfda bo‘lgan, bugungi kunda trendda bo‘lish uchun to‘qilgan ipli bilaguzuklar taqib yoki bilagingizga ipak tasma bilan bog‘lab oling.

Matoli sirg‘alar

Foto: “Domashniy ochag”

Sevimli matoli sirg‘alar 90-yillarda halqa sirg‘alar bilan almashdi. Halqali zirak bu yozda xit bo‘ladi, ehtimol, kuzda ham o‘z o‘rnini yo‘qotmas. Agar shu kabi osilib turadigan ziraklarni yoqtirsangiz, qandil sirg‘alar yaxshi variant bo‘la oladi.

Baxmal obodok

Foto: “Domashniy ochag”

Ha, bu aksessuar ham antitrend hisoblanadi. Hajmli baxmal obodok o‘rniga nima taqsa bo‘ladi? Zamonaviy bandana, kichik ipak ro‘mol yoki rangli zakolkalar. Shu bilan bir qatorda, uning o‘rniga shoyi obodokdan foydalanishingiz ham mumkin, ammo u ham moda ro‘yxatidan chiqarib yuborilish arafasida.

Tasmali sumka

Foto: “Domashniy ochag”

Albatta, bunday sumkalar qulay, ammo endi urfda emas. Zamonaviy ko‘rinish uchun mashhur Jacquemus yoki Chanel uslubidagi kichik sumkalarni tanlang. Bunday sumkalarga lab bo‘yog‘idan boshqa hech narsa sig‘maydi, lekin u boshqalarning e’tibor markazida bo‘ladi

Ingichka ko‘zoynak

Foto: “Domashniy ochag”

Agar hali ham 1990-yillar obrazini sinab ko‘rishga ulgurmagan bo‘lsangiz, u holda ushbu tashabbusdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda katta to‘rtburchak ko‘zoynaklar ingichka ko‘zoynaklar o‘rnini bosmoqda.

Ingichka zanjir

Foto: “Domashniy ochag”
Albatta, tilla zanjir klassika, ammo biz trendlar haqida gaplashyapmiz. Kichkina zanjir ko‘rinmaydi va u obrazingizga urg‘u bera olmaydi. Modaga mos va zamonaviy ko‘rinish uchun bo‘yningizga hajmli, qalin zanjir taqing. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar