Daryo

Rasman: Serxio Aguero “Barselona” futbolchisiga aylandi

Argentinalik futbolchi La Ligaga qaytdi

1 daqiqa o‘qish49 158 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Argentinalik hujumchi Serxio Aguero faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi.

Foto: Twitter

Hujumchi katalon klubi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar qilmoqda.

“Barselona” rasmiy saytida Agueroning tanishtiruv marosimi mahalliy vaqt bilan 18:15 da (Toshkent vaqti bilan 21:15) boshlanishi ma’lum qilingan.

Aguero 2011-yildan buyon “Manchester Siti”da harakat qilib kelayotgandi. Futbolchi 2020/21-yilgi mavsum yakunida erkin agent maqomida jamoani tark etdi. 32 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safida umumiy hisobda 390 ta o‘yin o‘tkazib, 260 ta gol muallifiga aylandi.

Romanoga ko‘ra “Barselona” Erik Garsiya, Emerson Royal va Jorjinyo Veynaldum transferlarini ham amalga oshiradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar