Daryo

Xiaomi 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi hamyonbop Poco M3 Pro smartfonini taqdim etdi

Smartfon ichiga MediaTek Dimensity 700 protsessori, 4/6 gigabayt tezkor va 64/128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish28 374 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Afisha.uz”

Xiaomi o‘zining Poco brendi ostida yangi M3 Pro smartfonini taqdim etdi. Apparat 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va bunga qadar Xiaomi smartfonlarida duch kelinmagan noyob dizaynga ega bo‘lgan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: “Afisha.uz”

Yangi modelning displeyi — 90 gertsli yangilanish chastotasi va Full HD+ sifatga ega 6,5 dyuym IPS ekran. Barmoq izi skaneri smartfonni o‘chirib-yoqish tugmasiga joylashtirilgan, 8 megapikselli kamera esa displey qirqimiga joylashtirilgan. Asosiy kamerasi uchta: 48 megapikselli asosiy modul va ikkita qo‘shimcha 2 megapiksel.

Foto: “Afisha.uz”

Smartfon ichiga MediaTek Dimensity 700 protsessori, 4/6 gigabayt tezkor va 64/128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatni tashkil etadi va 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Taqdimotda smartfon ikki kungacha avtonom rejimda ishlay olishi e’lon qilingan.

Foto: “Afisha.uz”
Poco M3 Pro’ning rasmiy narxi:
  • 4/64 gigabayt — 218 dollar;
  • 6/128 gigabayt — 242 dollar.
Foto: “Afisha.uz”

Ayrim bozorlarda ilk xaridorlar uchun 24 dollar miqdorida chegirmalar mavjud.

Avvalroq Hindistonda Poco M3 smartfonidan bir kunda 150 ming dona sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar