Daryo

Sirdaryoda maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisi yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

Hodisaga yuk mashinasi haydovchisining beparvoligi va piyodaning yo‘l qatnov qismiga keskin chiqib ketishi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish52 020 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisi yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hodisa 17-may kuni Sayxunobod tuman hududidan o‘tuvchi 4K-675 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 26-maktabning 2-sinf o‘quvchilari yo‘lni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotganida ulardan birini “Gaz-53” yuk mashinasi urib yuborgan.

Bola shifoxonaga olib borilgan. Ammo olgan og‘ir tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, hodisaga yuk mashinasi haydovchisining beparvoligi va piyodaning yo‘l qatnov qismiga keskin chiqib ketishi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yuborgani, Qarshida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalar Lacetti ostida qolgani, Namanganda Damas urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etgani, shuningdek, yo‘ldan o‘tayotgan maktab o‘quvchilarini bosib ketishiga bir baxya qolgan Lacetti haydovchisi jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar