Istalgan mayda detal obrazning tamoman o‘zgarishiga hissa qo‘shishi mumkin, buning uchun esa tanlov borasida e’tiborli bo‘lish va trendlarni ham inobatga olish kerak.
Katta va yirik zanjir taqing

Mavsumning eng asosiy xiti hisoblangan yirik zanjir bilan hatto oddiy libos kiyib ham trendda bo‘lish mumkin. Masalan, oq futbolka va paxta matosidan tikilgan sarafan kiying va obrazni mazkur taqinchoq taqish bilan yakunlang.
Sumkaga ro‘mol boylang

Ro‘molni nafaqat bosh va bo‘yinga, balki sumkaga ham o‘rash mumkin. Bu orqali obrazga yorqinlik va o‘ziga xoslik baxsh etish mumkin.
Oyoqqa bilaguzuk

Oyoqlarni uzun, obrazni noodatiy ko‘rsatish uchun unga bilaguzuk taqish kifoya. Bu sizning kiyinish borasida didingiz hammanikidan boshqacharoq ekaniga ishora qiladi.
Obodok

Obodok issiq kunlarda sochni yig‘ish bilan birga, obrazingizni ham qiziqarli ko‘rsatadi. Mazkur soch aksessuarini istalgan kiyim — jinsi, kostyum va pidjaklar bilan moslasa bo‘ladi.
Belbog‘li zanjir

Klassik charmdan tikilgan kamar o‘rniga zanjirdan foydalaning. Istalgan yozgi kiyim bilan mos tushishi mumkin bo‘lgan ushbu aksessuarning ingichka yoki qalinidan ham foydalansa bo‘ladi. Tanlov o‘zingizga bog‘liq.
Zakolka

Sochlarni tartibga keltirishdan tashqari, zakolkalar istalgan obrazga urg‘u berish xususiyatiga ham ega. Yoz mavsumida rang-barang, gulli variantlarga e’tibor qaratish, ikkita-uchtasini baravar taqish tavsiya qilinadi.
Ko‘zoynak uchun zanjirlar

- Foto: Har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan oq kofta modellari
- Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik
- Bahor uchun ko‘ylak tanlaymiz: ko‘pchilikka ma’qul keluvchi 10 model (foto)
- Kiyinish uslubining o‘zgarmasligi, aksessuar taqmaslik, ranglar mutanosibligi : zerikarli tashqi ko‘rinishdan qutuling








