Daryo

Taniqli san’atkor Shavkat Mirzayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev 1942-yil 10-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan

1 daqiqa o‘qish135 175 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Ustazoda san’atkor, taniqli sozanda va bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Shavkat Mirzayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev 1942-yil 10-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Uning san’atga kirib kelishida otasi, mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzayevning ta’siri katta bo‘lgan.

U 1978-yildan boshlab taniqli san’atkor o‘zbek mumtoz ashulalar mohir ijrochisi Munojot Yo‘lchiyevaga ustozlik qilgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar