Daryo

iPhone naushniklarini uy sharoitida qanday tozalash mumkin?

O‘zini hurmat qiladigan har bir musiqa ixlosmandi aksessuarlarga zarar yetkazmaslik uchun naushniklarni qanday tozalashni va ushbu jarayonni to‘g‘ri bajarishni bilishi lozim

3 daqiqa o‘qish27 578 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Eshitish vositalarini tozalash masalasi estetik jihatdan tashqari,  ovoz sifati va balandligi kabi muhim omillarni ham o‘z ichiga oladi. Vaqt o‘tishi bilan chang va quloq kiri dinamika yo‘lini to‘sib qo‘yadi, bu ularning sifatli ishlashiga ta’sir qiladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
iPhone naushniklarini tozalash uchun:
  • yumshoq, tuksiz mato (mikrofiber, mikrospan);
  • paxta tayoqchalari;
  • paxta disklari;
  • izopropil spirt;
  • vodorod peroksid;
  • yumshoq cho‘tka;
  • dezinfeksiyalovchi salfetkalar;
  • suv solingan kichik idish;
  • idish yuvadigan suyuqlik yoki suyuq sovun kerak bo‘ladi.
iPhone naushniklarini tozalashdan oldin bilish kerak bo‘lgan asosiy qoidalar:
  1. Tozalashda igna, sim, qisqich kabi o‘tkir metall buyumlardan foydalanmang.
  2. Sirtlarni tozalash uchun har qanday abraziv materiallardan foydalanmang.
  3. Naushniklarni oqar suvda yuvmang.
  4. Naushniklarni to‘liq qurimaguncha ishlatmang.
  5. Erituvchi moddalar, tirnoq tozalash vositalari, atseton yoki boshqa kuchli kimyoviy suyuqlik yoki eritmalarni ishlatmang.
AirPods naushniklarini qanday tozalash kerak?

AirPods’ni tozalashdan oldin matoni suv bilan namlab, yaxshilab siqib oling. Ichiga suv kirmasligi uchun minigarnituralarning iflos joylarini astalik bilan arting.

AirPods dinamikasi va mikrofon to‘rini tozalash uchun quruq paxtali cho‘pdan, chetlarini tozalash uchun esa yog‘och tish kovlagichdan foydalaning. Asosiysi, to‘r ichiga kirib ketmasligi uchun juda qattiq bosmang.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Vaqt o‘tgani sayin naushnik idishi ham ifloslanadi. Plastik keysning chetlarini tozalash uchun tish kovlagichdan foydalaning, naushnik turadigan qismini esa paxtali cho‘pda ehtiyotkorlik bilan tozalang. Eng oxirida keys yuzasini spirt shimdirilgan mato yoki antibakterial salfetka bilan arting.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Agar keysning Lightning qismi kirlangan bo‘lsa, uni kichikroq cho‘tka bilan tozalang.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

iPhone naushniklarini quloq oltingugurtidan qanday tozalash mumkin?

Quloq oltingugurti — bu eshitish naychasini namlaydigan va uni bakteriya va zamburug‘lardan himoya qiladigan suyuqlikdir. Bir kishi oyiga 20 milligrammgacha quloq oltingugurtini ishlab chiqarishi mumkin, shu bois kunning ko‘p qismini naushnikda o‘tkazadiganlar uchun moslama to‘rpardasida tiqilib qolgan quloq oltingugurti ovoz va eshitishning asosiy muammosi hisoblanadi.

Oltingugurtni tozalash uchun paxta diski, paxtali cho‘p va vodorod peroksid kerak bo‘ladi.

Buning uchun:
  • Paxta diskini vodorod peroksidda namlang va uni tekis yuzaga qo‘ying.
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
  • Naushnik to‘rpardasini nam paxta diskiga qaratib qo‘ying, ichidagi kirlar erishi uchun 10-15 daqiqa kuting.
  • Oqib tushgan oltingugurtni paxtali cho‘p bilan astalik bilan artib oling.
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

AirPods Max quloq pardalarini qanday tozalash kerak?

AirPods Max’ning quloqchinlari va tasmasini tozalash uchun suv solingan idishga bir necha millilitr idish yuvish vositasi yoki suyuq sovun quying va eritmani aralashtiring.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Naushnik quloqchalaridagi to‘rni yechib oling. Tuksiz matoni aralashmaga botirib, yaxshilab siqib oling va quloq pardalarini arting. Keyin matoni oddiy suv bilan namlang, yaxshilab siqib, sovunli eritmani artib tashlang. Jarayon so‘ngida quruq mato bilan artib oling va ularni joyiga o‘rnating.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

EarPods’larni qanday tozalash kerak?

Simli EarPods’ni tozalash uchun spirt bilan namlangan mato yoki dezinfeksiyalovchi salfetka yordamida simni ikki barmoq bilan ushlab, nam mato bilan arting. EarPods naushniklarini tozalash ko‘rsatmalari birinchi va ikkinchi avlod AirPods’lari bilan bir xil.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

20 yildan buyon Apple naushniklari o‘z mashhurligini yo‘qotmay kelmoqda. EarBuds’ning birinchi taqdimotidan beri quloqchinlar dizayni, imkoniyatlari va ovoz sifati bo‘yicha turli o‘zgarishlarga uchradi.

Ammo faqat bitta narsa o‘zgarishsiz qoldi — bu qurilmalar hali ham vaqti-vaqti bilan tozalashga muhtoj ekanligi. O‘zini hurmat qiladigan har bir musiqa ixlosmandi aksessuarlarga zarar yetkazmaslik uchun naushniklarni qanday tozalashni va ushbu jarayonni to‘g‘ri bajarishni bilishi lozim. Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar