Daryo

Hans Flik mavsum so‘ngida “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qildi. Uning Germaniya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda

“Men klub bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilmoqchiman. Buning sabablari klub ichida qoladi” — deydi Flik

1 daqiqa o‘qish26 610 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Bavariya” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 2020/21-yilgi mavsum yakunida klubni tark etadi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

Foto: Twitter
Men klub bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilmoqchiman. Buning sabablari klub ichida qoladi.

Bu haqda jamoaga o‘zim aytishim men uchun juda muhim edi, chunki bungacha mish-mishlar tarqalib ulgurgandi.

Kelajakda nima qilishimning hammasi ham aniq emas. Terma jamoada ishlashni muhokama qilmadik. Albatta, har qanday murabbiy Germaniya terma jamoasiga murabbiylik qilishni ko‘rib chiqadi, lekin avval buni aniqlab olishim kerak. So‘nggi haftalar men uchun oson kechmadi. Shuning uchun ham klubga va jamoamga hamma narsani aytish juda muhim edi.

Hans-Diter Flik, murabbiy
56 yoshli mutaxassisning “Bavariya” bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan edi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Flik katta ehtimol bilan Yoaxim Lyov ketgach, terma jamoani boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Avvalroq Germaniya bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 2021-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etishi ma’lum bo‘lgandi.

Flik ketgan taqdirda “Bavariya”ni Yulian Nagelsmann, Massimiliano Allegri yoki boshqa nomzodlar boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Flik “Bavariya”da 2019-yilda ish boshlagandi, o‘shanda u Niko Kovachning o‘rnini egallagandi. Bu vaqt ichida Flik klub bilan Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchdi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.