Daryo

Samsung kompaniyasi iPhone’ni Galaxy’ga aylantiradigan dasturni taqdim etdi

Buning uchun iPhone’dan Safari brauzeri orqali iTest saytiga kirish yoki QR-kodni skanerlash kerak

1 daqiqa o‘qish30 356 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Samsung Android’lar uchun mo‘ljallangan One UI operatsion tizimining sifatiga shu qadar ishonganidan uni iPhone egalariga ko‘rsatishga qaror qildi. Buning uchun kompaniya firma interfeysini iOS’ga o‘tkazuvchi iTest veb-ilovasini taqdim etgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Buning uchun iPhone’dan Safari brauzeri orqali iTest saytiga kirish yoki QR-kodni skanerlash kerak, sahifa o‘zini yorliq sifatida ish stoliga joylashtirishni taklif qiladi. Shundan so‘ng, Apple smartfoni ekranidagi dasturni ishga tushirish kifoya va Samsung Galaxy smartfonlari interfeysining to‘liq nusxasi paydo bo‘ladi — kompaniya ishchi ekranlardan, xususan, barcha asosiy mobil dasturlar va operatsion tizimning boshqa elementlaridan nusxa olgan, hatto navigatsiya klavishidan ham.

Dasturdan foydalanish bepul va faqat reklama funksiyasiga ega — u Samsung smartfonlari qanday ko‘rinishga egaligi va qay yo‘sinda ishlashini ko‘rsatadi. Apple ushbu dasturni taqiqlay yoki o‘chirib tashlay olmaydi, chunki u alohida dastur sifatida emas, balki brauzerdagi sahifa sifatida ochiladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

iPhone’larda Samsung interfeysidan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi, chunki barcha funksiyalar ishlamaydi — ular faqat interfeysni ko‘rsatadi.

Avvalroq Netflix mobil dasturida qisqa kulgili videolarga ega TikTok muqobili ishga tushirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar