Amerikalik biznesmen va ixtirochi Ilon Mask “Godzilla Kongga qarshi” fantastik jangari filmini tomosha qilganidan so‘ng, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Qisqa taqrizni u Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

Foto: EPA

Mask Warner Bros. kinokompaniyasining kartinasiga “bu eng telba film” deya izoh bergan.

Skrinshot: Twitter / Elon Musk

“Gozilla Kongga qarshi — shu qadar hayratlanarliki, shunchaki vau! Men ko‘rgan eng telba film! Fitna nazariyasiga ergashuvchilarga sevgi maktubi! Shunga qaramay, filmning oxiri ancha ta’sirli”, — deb yozgan SpaceX va Tesla asoschisi.

Avvalroq AQShda premyerasi boshlangan Warner Bros. kinokompaniyasining “Godzilla Kongga qarshi” fantastik filmi pandemiya davrida yangi kassa rekordini o‘rnatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Jahon prokatida Adam Vingardning lentasi ikki haftada 285,4 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan, o‘tgan dam olish kunlarining o‘zida — 120,1 million dollar. Bu kabi kassa yig‘imlari karantin cheklovlari davrida aqlbovar qilmas natija hisoblanadi. Boshqa har qanday yilda raqamlar past hisoblangan bo‘lardi, chunki film budjeti — 160 million dollar.