Daryo

Odamsimon ko‘rinishga ega Digit roboti avtonomga aylandi (video)

Endilikda u atrof-muhitning xaritasini o‘zi mustaqil tuzib chiqadi va belgilangan marshrut bo‘yicha to‘siqlarni aylanib o‘tib, harakatlanadi

1 daqiqa o‘qish76 961 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Agility Robotics

Agility Robotics kompaniyasi o‘zining odamsimon ko‘rinishga ega Digit robotining yaxshilangan versiyasini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Agility Robotics

Kompaniya tomonidan e’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, robot avtonom ishlashga o‘tgan.

Endilikda u atrof-muhitning xaritasini o‘zi mustaqil tuzib chiqadi va belgilangan marshrut bo‘yicha to‘siqlarni aylanib o‘tib, harakatlanadi.

Rolikning o‘ng pastki tomonida robot yaratayotgan yuzaning lokal xaritasini, sun’iy yo‘ldosh tomonidan qayd etilgan nuqtalar va to‘siqlarni ko‘rish mumkin: rolik oxirida robotning o‘ng tomonidagi nuqtalardan iborat bulutni ko‘rish mumkin — u yerda operator joylashgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar