Daryo

Xiaomi geymerlar uchun Black Shark 4 va 4 Pro flagmanlarini taqdim etdi

Yangi modellarga Full HD+ sifat va 144 gertsli chastotali tasvir yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydigan 6,67 dyuymli Samsung AMOLED ekranlari o‘rnatilgan

2 daqiqa o‘qish50 596 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSMarena

Xiaomi kompaniyasi geymerlar uchun yangi flagmanlari — Black Shark 4 va 4 Pro’ni taqdim etdi. Yangi modellar 720 gerts chastotali displeyga ega bo‘lgan — bu kabi sensorli qatlam smartfonlarga birinchi bor o‘rnatilmoqda. Bu kabi yuqori ko‘rsatkich geymerlarga o‘yin vaqtida turli harakatlarni tezroq bajarish imkonini beradi, deb yozadi GSMarena.

Foto: GSMarena

Xiaomi yangi modellarga Full HD+ sifat va 144 gertsli chastotali tasvir yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydigan 6,67 dyuymli Samsung AMOLED ekranlarini o‘rnatgan. Yangi Black Shark o‘zining tach-sensori bilan maqtana oladi — 720 gerts. Displeyda 20 megapikselli frontal kamera uchun kichik qirqim mavjud, orqa panelida esa 48, 8 va 5 megapikselli uchta kameradan iborat modul joylashgan. Barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomonida joylashgan.

Foto: GSMarena

Shuningdek, smartfonning yon tomonlarida mexanik triggerlar ham bo‘lib, ular o‘yin vaqtida yordam beradi: o‘q otishlarni amalga oshirish, poygada nitroni ishga tushirish va boshqa harakatlarni bajarish mumkin. Black Shark 4 Pro’da sovitishning yangi tizimidan foydalangan bo‘lib, u issiqlik yutilishini oldingi avlodga nisbatan 30 foizga oshiradi.

Foto: GSMarena

Kichik Black Shark 4’ga Snapdragon 870 protsessori (Black Shark 4 Pro’da — Snapdragon 888), shuningdek, 6, 8 yoki 12 gigabayt tezkor xotira (Pro versiyada 8, 12 yoki 16 gigabayt) hamda 128 yoki 256 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan (4 Pro’da 256 yoki 512 gigabayt). Akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lib, 120 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Black Shark 4’ning Xitoydagi rasmiy narxi:
  • Black Shark 4 6/128 Gb — 383 dollar;
  • Black Shark 4 8/128 Gb — 413 dollar;
  • Black Shark 4 12/128 Gb — 445 dollar;
  • Black Shark 4 12/256 Gb — 505 dollar;
  • Black Shark 4 Pro 8/256 Gb — 614 dollar;
  • Black Shark 4 Pro 12/256 Gb — 690 dollar;
  • Black Shark 4 Pro 16/512 Gb — 813 dollar.
Foydalanuvchilar telefonlardan tashqari qo‘shimcha aksessuarlarni ham xarid qilishi mumkin — o‘yin naushniklari, kuler 20 000 mA/soatli tashqi akkumulyator.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar