Daryo

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi barcha transport vositalarini o‘zining internet tarmog‘iga ulash niyatida

Bu kabi yangilik tarmoqni statsionar qurilmalardan transport vositalariga qadar kengaytirish imkonini beradi

1 daqiqa o‘qish26 528 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gagadget

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask barcha turdagi transport vositalari — avtomobillardan tortib samolyot va kemalarga qadar o‘zining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘iga ulanishi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya AQShning Aloqa bo‘yicha federal komissiyasiga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Gagadget

SpaceX’dagilarning ma’lum qilishicha, bu kabi yangilik tarmoqni statsionar qurilmalardan transport vositalariga qadar kengaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, mazkur internet tarmog‘idan AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham bemalol foydalanish mumkin. Kompaniya internet tarmog‘ining bu qadar kengayish bosqichini Starlink’ni rivojlantirishdagi harakat kuchi deb atamoqda.

SpaceX’ning sun’iy yo‘ldosh siyosati bo‘yicha direktori Devid Goldman bu turdagi internetni joriy etish zaruratini harakatlanish vaqtida global tarmoqqa ulanishi lozim bo‘lgan yuk mashina haydovchilari va uchuvchilar talabi bilan bog‘lamoqda.

Shu bilan birga, SpaceX hozircha yangi terminallar dizayni jihatidan yangi mijozlarga o‘rnatilayotganlardan farq qilish yoki qilmasligiga oydinlik kiritmagan. Hozircha qo‘shimcha mahkamlagichlar haqida ma’lum xalos — uning yordamida terminal transport vositasiga o‘rnatiladi.

Mavzuga doir: Starlink’ning ilk foydalanuvchilari uni sovuq havo harorati va qorli sharoitda sinovdan o‘tkazdi. SpaceX’ning sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘ron vaqtida ham yo‘qolmagan

Avvalroq SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 tashuvchi raketasi 60 ta Starlink kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlarining navbatdagi guruhi bilan orbitaga muvaffaqiyatli uchirilgan edi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar