Daryo

Aqlbovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi

Ushbu postni xarid qilgan inson “muallif tomonidan imzolangan va tekshirilgan noyob raqamli sertifikat”ni ham qo‘lga kiritadi

1 daqiqa o‘qish22 266 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Twitter rahbari Jek Dorsi ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng birinchi tvitni auksionga qo‘ydi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Mashhur ijtimoiy tarmoqdagi birinchi tvit 15 yillar oldin yozilgan. Dorsi qisqa jumla yozgan: “Shunchaki o‘zimning tvttr’imni sozlayapman”.

https://twitter.com/jack/status/20

Tarixiy tvit Valuables onlayn auksionida paydo bo‘lgan. Auksion shartlariga ko‘ra, ushbu postni xarid qilgan inson “muallif tomonidan imzolangan va tekshirilgan noyob raqamli sertifikat”ni ham qo‘lga kiritadi. Gap o‘ziga xos raqamli imzo haqida ketmoqda.

Post sotuvga qo‘yilganiga qaramay, oldingidek Twitter’da translyatsiya qilinaveradi.

Hozircha Dorsining tviti uchun berilgan eng yuqori narx 2,5 million dollarni tashkil etmoqda. Bu kabi narxni taklif etgan inson — Bridge Oracle bosh direktori Xakan Estavi. Ehtimoliy xaridor aslida ushbu tvit uchun bundan ham ko‘proq to‘lashga tayyorligini bildirgan. U 10 million dollargacha berishga tayyor.

Mavzuga doir: Twitter 2020-yilning ommabop tviti nomini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar