Daryo

Kutilmaganda bir-biriga qarindosh ekanligi ma’lum bo‘lgan taniqli shaxslar (foto)

Pitt va Obamani do‘stlikdan tashqari boshqa narsa ham bog‘laydi

2 daqiqa o‘qish116 036 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Cosmopolitan

Bu mashhurlarning tashqi ko‘rinishiga qarab o‘xshashlikni topib bo‘lmaydi. U holda ularni nima bog‘laydi?

Bred Pitt va Barak Obama

Foto: Cosmopolitan

Gollivud aktyori Obamani prezident saylovlarida qo‘llab-quvvatlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni do‘stlikdan tashqari boshqa narsa ham bog‘laydi. Aktyor va sobiq prezident qarindosh. Ularning ajdodi Edvin Xikman XVIII asrda yashab o‘tgan. U plantator egasi bo‘lgan va ikki nafar o‘g‘lining birinchisi Pittning, ikkinchisi esa Obamaning nasabi hisoblanadi.

Keyt Middlton va opa-singil Dakota va El Fanning

Foto: Cosmopolitan

Tarixchilarning ta’kidlashicha, mashhurlar XIV asrda umumiy qirollik ajdodiga ega bo‘lgan. Ularning katta bobosi Angliya hukmdori Eduard III. Monarx mamlakatni 1327–1377-yillarda boshqargan. Aktrisa opa-singillar ko‘pincha  “g‘oyib bo‘lgan malikalar” deb ataladi. Ammo Keyt bu borada o‘z o‘rnini topgan.

Foto: Cosmopolitan

Jastin Biber va Avril Lavin

Foto: Cosmopolitan

Kanadalik pop musiqachining o‘zi Avril bilan qarindoshligini e’lon qilgan. Jastinning o‘zi olib borgan izlanishlarga ko‘ra, Avril uning o‘n ikkinchi amakivachchasi bo‘lib chiqqan. U o‘z qarindoshidan faxrlanadi. Bu borada u “Hayotimdagi eng yaxshi kun”, − deb yozgan.

Foto: Cosmopolitan

Qirolicha Yelizavetta II va Hillari Dav

Foto: Cosmopolitan

Hillari Buyuk Britaniya hukmdorining o‘n sakkizinchi avlod jiyani hisoblanadi. Ularning umumiy ajdodi XV asrda mamlakatni boshqargan ingliz monarxi Richard III. Hillari nasabiga qaramay, o‘zini juda kamtar tutadi.

Foto: Cosmopolitan

Madonna va Gven Stefani

Foto: Cosmopolitan

Ikki yulduz ham italyan ildizlarga ega. Ularning sariq sochlari va g‘ayrioddiy harakatlaridan tashqari, juda ko‘p o‘xshashliklari bor. “Biz chindan ham qarindoshmiz”, − deydi Madonna. Stefani ham hamisha Madonnaning ijodini kuzatib boradi.

Foto: Cosmopolitan
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar