Daryo

Begona mamlakatda sayyohlar ajabtovur holatlarga duch kelishini aks ettiruvchi suratlar

Dunyo mamlakatlarining o‘ziga xos yangiliklari bilan tanishing

2 daqiqa o‘qish49 868 ko‘rishlar0 izoh0

Har bir mamlakat o‘ziga xos madaniyatiga ega bo‘lib, bu narsa aholining kundalik hayotida aks etganini ko‘rish mumkin. Inson o‘z vataniga moslashganligi tufayli sayohat chog‘ida atrof-muhitning oddiy hodisalari ham g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin.

Finlyandiyadagi McDonald’sda kartoshka-fri batat, ya’ni shirin kartoshkadan tayyorlanadi.

Foto: AdMe

Myunxenda stol tennisini yarim aylana shaklidagi stolda o‘ynash mumkin. Noodatiy shakl tufayli to‘p chegaradan uchib chiqmaydi.

Foto: AdMe

Chilida politsiya itlari maxsus oyoq kiyim kiyadi.

Foto: AdMe

Tailandda muzqaymoq banan yaprog‘ida sotiladi.

Foto: AdMe

Niderlandiyada jamoat hojatxonasi yer tagidan chiqib keladi.

Foto: AdMe

Xorvatiyada svetofor chiroqlari yerga ham tushib turadi. Bu telefoni bilan band bo‘ladigan piyodalar uchun ayni muddao.

Foto: AdMe

Shvetsiya chorrahalarida velosipedchilar uchun qizil chiroq yonib turgan paytda suyanadigan oyoq tirgaklari mavjud.

Foto: AdMe

Vyetnam restoranlarida plastik nay o‘rniga o‘simlik poyalari ishlatiladi.

Foto: AdMe

Avstriyadagi avtobuslarda ushlagichlar eski chang‘i tayoqlaridan yasalgan.

Foto: AdMe

Belarusdagi qo‘riqchilar shunday ko‘rinishda.

Foto: AdMe

Finlyandiyada supermarket yaqinida itlar bog‘lanadigan joylar mavjud.

Foto: AdMe

Belizda ichimlik suvi paketlarda sotiladi.

Foto: AdMe

Bolgariyadagi restoranlarda stolga ofitsiantning soatiga ulangan maxsus pultlar joylashtirilgan. Pult orqali ofitsiantga qo‘ng‘iroq qilish yoki hisobni so‘rash mumkin.

Foto: AdMe

Daniyada xot-dog bulochkalari oldindan tayyorlangan holda sotiladi.

Foto: AdMe

Irlandiyada old oynasida to‘g‘ri chiziqni eslatuvchi stiker qo‘yilgan mashinani ijaraga olish mumkin.

Foto: AdMe

Filippinda Pringles chipslari an’anaviy dumaloq idishda emas, balki paketda sotiladi.

Foto: AdMe

Belgiyada ba’zi avtobuslarda gadjetlarni quvvatlantirish uchun maxsus qurilmalar mavjud.

Foto: AdMe

Fransiyada faqat bir chiziqdan iborat kichik piyodalar o‘tish joyi.

Foto: AdMe

“Men Daniyada yashayman va bu yerda barcha chiroqlar xuddi shu uslubda joylashtirilgan”.

Foto: AdMe

Shvetsiyada ushbu mahsulot qadog‘ida ota tasvirlangan.

Foto: AdMe
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar