• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Turkiyaga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    So‘nggi yillarda o‘zbek san’atining ko‘plab taniqli vakillari dunyoning turli mamlakatlariga ko‘chib ketmoqda. Asosan, Amerika, Turkiya va Rossiyada karyerasini davom ettirish maqsadida yo‘l olayotgan mashhurlarning barchasi ham musofir yurtda ijod bilan shug‘ullanayotgani yo‘q. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ayni paytda Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida material tayyorladi.

    “Opa-singillar” orqali yanada tanilgan Kamola Arslonova

    “Kelgindi qaynona”, “Sevginator-2”, “Kirakash”, “Opa-singillar” kabi o‘nlab film va seriallardagi rollari orqali tanilgan serqirra ijodkor Kamola Arslonova yetti yildan buyon Turkiyada yashaydi. Diyora taxallusi bilan ham ijod qilib, o‘nlab qo‘shiqlar ijro etgan aktrisa 2014-yilning dekabr oyida turkiyalik Mesut ismli tadbirkorga turmushga chiqqan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni paytda Izmir shahrida oilasi bilan baxtli hayot kechirayotgan Kamola Arslonova uch yoshli qizi Axsenning tarbiyasi bilan band.

    Foto: Kamola Arslonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Kamola Arslonovaning shaxsiy arxividan

    “Haligacha O‘zbekiston fuqarosiman”

    2000-yillar o‘zbek pop musiqasining eng oldi namoyandalaridan biri bo‘lgan, o‘z vaqtida “Bir qiz bor”, “Yonimda qol”, “Yolg‘izman” kabi qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbiga kirib borgan Rustam Mahmudov Turkiyaga ko‘chib ketganiga o‘n yildan oshdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Istanbulga 2005-yili o‘zbek estrada xonandasi Ozoda Nursaidovaning bir loyihasi sabab kelganmiz. Bu yerdagi san’atkorlar, mutaxassislar men qilgan musiqiy aranjirovkani yaxshi baholashdi va elektron manzillarimni olib qolishdi. Toshkentga qaytganimizdan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, hamkorlik qilish uchun Turkiyaga kichik-kichik loyihalarga taklif qilishdi. Ularning ra’yini qaytarmaslik hamda musiqiy bilimlarimni yanada mustahkamlash, aranjirovka borasida mahoratimni oshirish maqsadida Istanbulga keldim. Vaqt o‘tgan sari Turkiyaga ko‘nikdim, menga yaqinroqdek tuyuldi va shu mamlakatda qolib ketdim. Ammo haligacha O‘zbekiston fuqarosiman. Tug‘ilgan yurtimga har ikki yilda bir boraman”, — deydi u.

    Foto: Rustam Mahmudovning shaxsiy arxividan

    Foto: Rustam Mahmudovning shaxsiy arxividan

    2020-yil Turkiyaning eng yaxshi aranjirovchilari o‘ntaligiga kirgan Rustam Mahmudov Istanbulda faqat san’at bilan shug‘ullanadi, daromadi shu sohadan.

    Mavzuga doir: Taniqli bastakor va xonanda Rustam Mahmudov hozir qayerda?

    Turkiyadan uy xarid qilgan Sarvara

    “Olmacha”, “Muhabbat”, “Uvolim bor” kabi qo‘shiqlari bilan yosh-u keksaga yaxshi tanish xonanda Sarvara ayni paytda Turkiya poytaxtida yashab, faoliyat yurityapti. 2018-yildan beri musofir yurtda istiqomat qilayotgan qo‘shiqchi 2020-yilning bahorida Istanbuldan uy xarid qildi.

    Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan

    Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan

    “O‘n ikki yashar qizim Muslimaxon ham men bilan birga yashaydi. O‘zbekistonda ‘zapret’ga tushmaganman, men uchun barcha o‘zbek tele va radiokanal eshiklari hamisha ochiq. Hamon O‘zbekiston fuqarosiman. Turkiya fuqaroligini olish istagim umuman yo‘q. Ona yurtimga tez-tez borib kelaman, to‘y xizmatlariga ko‘p taklif etishadi”, — deydi Sarvara.

    Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan

    Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan

    “Anora”dagi Fotima Vohidova

    2007-yili suratga olingan “Anora” filmidagi roli hamda “Bir kelib keting qishlog‘imizga” kinosidagi epizodik ijrosi orqali tomoshabinlar yodida qolgan aktrisa Fotima Vohidova hozirda oilasi bilan Istanbul shahrida yashaydi.

    Foto: m.kino-teatr.ru

    Foto: m.kino-teatr.ru

    O‘zbek Milliy akademik teatrida 3 yil, Muqimiy teatrida 7 yil faoliyat yuritgan Fotima Vohidova 2017-yilda turkiyalik Niyozi Shahin ismli yigitga turmushga chiqqan. U bugungi kunda asosiy vaqtini qizi Sumayya Simay tarbiyasiga ajratgan.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Mavzuga doir: “Anora” filmi bilan tanilgan Fotima Vohidova “xunukligi tufayli kinoda omadi chopmagani” hamda Turkiyada oila qurgani haqida so‘zlab berdi (video)

    Turk yigitiga rafiqa bo‘lgan Nargiza Salmonova

    “Taqdirlar”, “O Maryam, Maryam”, “Farhod va Shirin” kabi o‘nlab kino va kliplardagi betakror rollari orqali tanilgan aktrisa Nargiza Salmonova ham bugungi kunda Turkiyada hayot kechirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    U 2018-yilda Emrah Sayan ismli turk yigiti bilan oila qurgan. Ularning nikoh to‘yi Istanbul shahrida joylashgan Bosfor dengizidagi kemada bo‘lib o‘tgan.

    Foto: Nargiza Salmonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nargiza Salmonovaning shaxsiy arxividan

    “Zamon” mashhur qilgan Dilnoza Saidova

    “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion-tahliliy dasturi orqali el nazariga tushgan teleboshlovchi Dilnoza Saidova 2019-yilda Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan. Ijodiy faoliyatida tanaffus e’lon qilgan Dilnoza Saidova hozirda Turkiyada yashaydi.

    Foto: Dilnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Dilnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Dilnoza Saidova hamkasbi, teleboshlovchi Jahongir Olimov bilan

    Foto: Dilnoza Saidova hamkasbi, teleboshlovchi Jahongir Olimov bilan

    Mavzuga doir:

    • Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
    • “Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    28.02.2021, 10:52   Izoh (0)   125404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: “Dizayn” vakili do‘kondagi janjalga izoh berdi, Shiringa atalgan qo‘shiq, Yulduz Usmonovaning konsertiga tayyorgarlik jarayoni

    27.02.2021, 22:26

    Instagram: Janjalkash “Dizayn”chilar, yangi surati bilan tanqidga uchragan Lola, kelinlik ko‘ylagini kiygan Sitora

    26.02.2021, 22:41

    Mashhur hind aktrisalarining hayoti ular turmushga chiqqanidan so‘ng qanchalik o‘zgaradi? (foto)

    26.02.2021, 19:59

    Maxfiy to‘y: Turmush qurganini hammadan sir tutgan yulduzli juftliklar (foto)

    26.02.2021, 15:56

    “Al-vakil”, “Setora”, “Ummon”: o‘z davrida shuhrat qozonib, so‘ng tarqalib ketgan guruhlar (foto va video)

    26.02.2021, 13:47

    Instagram: SanJay rafiqasi bilan ajrashdimi? Bitkoin sotib olgan Munisa, YPX xodimi obrazidagi Ahad Qayum

    25.02.2021, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.