Yurak-qon tomir kasalliklari, masalan, yurak xuruji yoki insult kasalligi butun dunyoda o‘limning asosiy sababiga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taxminlariga ko‘ra, yaqin 30—50 yil ichida vaziyat o‘zgarishi mumkin emas. Shifoxonalarga bemorlar aynan yurak va qon tomir muammolari tufayli keladi.

Ushbu holatlarga shoshilinch e’tibor berish kerakligidan ogohlantiradigan asosiy alomatlardan biri – bu yuqori qon bosimi. 40 yoshdan o‘tgach, shifokorlar ushbu ko‘rsatkichni muntazam kuzatishni tavsiya etadi. Holat me’yoriy bo‘lishiga ishonch hosil qilish zarur. Agar qon bosimidagi o‘zgarish bir necha kun davom etsa, shifokorlar bilan bog‘lanish kerak. Albatta, buni maxsus vosita bilan kuzatish yaxshiroq. Ammo u bo‘lmagan vaqtda hamma narsa joyida ekanligini aniqlashga yordam beradigan usuldan foydalanish mumkin.
Simptomlar

- chakka qismda bosim yoki tomir urishida og‘riq;
- oyoq-qo‘llarda titroq;
- yuzning qizarishi;
- yurak urishining tezlashishi;
- xavotir yoki hayajonlanish;
- burundan qon ketishi;
- takroriy ko‘ngil aynishi va qayt qilish.
- ensa qismda bosh og‘rig‘ining paydo bo‘lishi;
- qattiq bosh aylanishi;
- zaiflik;
- uyquchanlik;
- ko‘z xiralashishi;
- bir marotaba qayt qilish.









