Daryo

CES 2021: Qog‘oz kabi o‘raladigan 17 dyuymli planshet namoyish etildi

Zarurat tug‘ilganida uni uzaytirish va katta sensor ekranga ega bo‘lish mumkin

1 daqiqa o‘qish33 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

O‘raladigan displeylar CES 2021 ko‘rgazmasining asosiy trendiga aylanadigan ko‘rinadi — LG hozirda shu kabi televizorlari va hatto “rulon-smartfoni”ni ham taqdim etishga ulgurgan. Uning ortidan TCL kompaniyasi katta taqdimot o‘tkazib, ikki yon tomonidan xuddi qog‘oz kabi o‘raladigan katta planshetni namoyish etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Buning uchun TCL o‘ralgan holatda juda kam joyni egallaydigan 17 dyuymli egiluvchan displeydan foydalangan. Zarurat tug‘ilganida uni uzaytirish va katta sensor ekranga ega bo‘lish mumkin.

Aftidan, TCL’ning ishchi prototipi mavjud emas — u taqdimotda namoyish etilmagan. Buning o‘rniga bir inson toqqa chiqib, yo‘lni ko‘rish uchun planshetini yoygani tasvirlangan rolik namoyish etilgan.

Kompaniya bu kabi qurilmalarni kelajakda sotishni rejalashtirmayapti — bu faqatgina texnologiya namoyishi. LG tajribasi zamonaviy displeylar egilishi va ixcham korpusga joylasha olishi mumkinligini ko‘rsatib berdi, biroq bu juda qimmat.

Mavzuga doir: LG Rollable “rulon-smartfoni”ning narxi oshkor bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar