Daryo

Tezroq ozish uchun ratsiondan nimalarni chiqarib tashlash kerak?

Ba’zan parhezga qattiq amal qilinsa ham vazn kamaymaydi, aksincha yanada ortadi. Bunga ko‘p miqdorda kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga olgan sabzavotlar sabab bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish47 166 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ba’zan parhezga qattiq amal qilinsa ham vazn kamaymaydi, aksincha yanada ortadi. Bunga ko‘p miqdorda kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga olgan sabzavotlar sabab bo‘lishi mumkin. Ovqat hazm qilish fermentlari ta’sirida kraxmal shirinliklarda bo‘lgani kabi organizmda shakarga ajraladi. Kraxmalli sabzavotlar ochlik hissining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Natijada siz ko‘proq ovqatlanasiz, vazn tashlash jarayoni esa sekinlashadi.

Foto: Getty Images

Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan 13 ming nafar ishtirokchi qatnashgan 20 yillik tadqiqot davomida olimlar sabzavotlarning ayrim turlari va vazn ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Kraxmalli taomlarni iste’mol qilganlar ko‘katlarni afzal ko‘rganlardan farqli ravishda ko‘proq vazn yig‘gan. Demak, parhezda bo‘lganingizda ratsioningizdan nimani chiqarib tashlashingiz kerakligi haqida to‘xtalamiz.

Kartoshka

Foto: Getty Images

Makkajo‘xori

Foto: Getty Images

Loviya

Foto: Getty Images

No‘xat

Foto: Getty Images
Ushbu oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud, shuning uchun ularni uzoq muddat iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq emas. Ammo parhez davomida ma’lum vaqt ulardan foydalanishni cheklagan ma’qul. Ushbu sabzavotlarni brokkoli, bulg‘ori qalampiri, sabzi, qovoq bilan almashtirishga harakat qiling — ular tarkibida juda ko‘p miqdordagi kletchatka va suv mavjud, bu esa vazn tashlashda yaxshi samara beradi. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar