Daryo

Dumaloqmi yoki to‘rtburchak? Yuz shakliga qarab qanday ko‘zoynak tanlash kerak?

Kvadrat shakldagi yuz egalariga dumaloq shakldagi yoki aviator ko‘zoynaklari juda ham yarashadi

2 daqiqa o‘qish82 817 ko‘rishlar0 izoh0

Turli shakldagi yuz egalariga qanday ko‘zoynak taqish yarashishi haqida “Linzmaster” optikasi rahbari, mutaxassis javob beradi.

Oval shaklidagi yuz egalari uchun

Belgilari: Yonoqlar bo‘rtgan, iyak biroz dumaloq shaklda, peshona o‘rtacha kenglikda.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Bunday yuz egalariga istalgan modeldagi ko‘zoynak yarashadi. Faqat iloji boricha haddan ortiq kichkina va katta ko‘z aksessuari tanlamagan yaxshi. Ko‘zoynak kengligi yuzning keng qismiga teng yoki biroz kengroq bo‘lgani ma’qul.

Dumaloq yuz egalari

Belgilari: Yuz konturi bir tekisda bo‘ladi, yuzning uzunligi va kengligi deyarli bir xil.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Bunday yuz egalariga dumaloq shakldagi ko‘zoynaklardan qochish tavsiya qilinadi, chunki aksessuar yuzni yanada dumaloq emas, yuz proporsiyasini uzunroq ko‘rsatishi kerak. Kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi modellar bu borada ayni muddao. Shuningdek, shakli kapalakni esga soladigan va cat eyes ko‘zoynaklari ham yarashishi mumkin. To‘q rangdagi aksessuar yuzni ixchamroq, och ranglisi esa aksincha boshqacha ko‘rsatadi.

Kvadrat shakldagi yuz egalari uchun

Belgilari: Keng iyak va yonoqlar, peshona kengligi ham yonoqlar o‘rtasidagi farqchalik kattalikda.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Bunday yuz egalariga dumaloq shakldagi yoki aviator ko‘zoynaklari juda ham yarashadi. Och rangda bo‘lsa, yana yaxshi. Ko‘zoynak kengligi yuz kengligi bilan proporsional bo‘lishiga e’tibor qarating. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat shakldagi aksessuarlardan esa qochish tavsiya qilinadi.

Uchburchak yuz egalari

Belgilari: Keng peshona va cho‘zinchoq iyak.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Yuz shakli bunday ko‘rinishga ega bo‘lgan qiz va ayollarga cat eyes ko‘zoynaklarini taqmaslik, kichkina va dumaloq modellarga esa e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Asosiy qoida: yuzning yuqori qismiga urg‘u bermang, bu peshonani yanada keng, iyakni esa kichkina ko‘rsatadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar