• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Irsiyatmi yoki marketing: Vazn ortishining 10 sababi

    Vazn ortishi salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Metabolizm yomonlashishi, qon bosimi va yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklar shular jumlasidan. So‘nggi o‘n yil davomida olimlar semirishga turli omillar sabab bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Ular orasida eng ko‘p uchraydiganlarini e’tiboringizga havola etamiz.

    Foto: Freepik

    Foto: Freepik

    Irsiyat

    Semirish nasldan-naslga o‘tishi, to‘ladan kelgan ota-ona farzandlari semirishdan aziyat chekishi mumkin. Bu semirishdan qochib qutilib bo‘lmasligini bildirmaydi. Shunchaki, iste’mol mahsulotlari genlar ekspressiyasiga ta’sir qilishini anglatadi. Ratsionida notabiiy mahsulotlar ko‘p ekani sabab ham ayrim mamlakat aholisida semirish holati ko‘p kuzatiladi. Ularning geni emas, shunchaki genlar atrof-muhitdan qabul qiladigan signallar o‘zgargan.

    Sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan nosog‘lom mahsulotlar

    Qayta ishlangan mahsulotlarga qo‘shimcha aralashma, ziravor, shakar va ta’m kuchaytiradigan vositalar qo‘shilgan bo‘ladi. Mahsulotni mazali qilish, saqlash muddatini cho‘zish uchun qo‘shilgan qo‘shimchalar vazn ortishiga ham olib keladi. Yuqori texnologiyalar haqidagi tadqiqotlar, test va hisoblarning bari iste’molchini qarmoqqa ilintirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    Taomga qaramlik

    Yog‘li nosog‘lom ovqatlarning miyaga ta’siri aksariyat hollarda narkotik, spirtli ichimlik, kokain va nikotinga o‘xshatiladi. Nosog‘lom taom, moyilligi bor odamlarda qaramlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda iste’mol qilishda nazorat yo‘qolishi kuzatiladi. Odam nimagadir qaram bo‘lib qolsa, tanlov erkinligi yo‘qoladi. Bundan foydalanib miya biokimyoviy jarayoni jilovni o‘z “qo‘li”ga oladi.

    Agressiv marketing

    Zararli mahsulot ishlab chiqaruvchilar agressiv marketologlar hisoblanadi. Ba’zi vaqtlarda ular o‘z mahsulotini foydali, sog‘lom va sport bilan shug‘ullanadiganlar uchun ayni muddao deb sotishga urinadi. Eng yomoni bunday kompaniya marketingi asosan, zararliligini hali tushunib yetmaydigan bolalar uchun ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘ladi. Shu sabab ham bugungi kunda yosh bo‘lishiga qaramay ortiqcha vazn, qandli diabet singari kasalliklardan aziyat chekadigan bolalar ko‘p.

    Insulin

    Energiya to‘planishi uchun muhim bo‘lgan mazkur gormonning yana bir vazifasi hujayralarga yog‘ni saqlash va ushlab turishga ko‘rsatma berishdan iborat. Hujayralarning insulinga “quloq solmay” qo‘yishi esa ushbu gormon miqdori ortishi va energiyadan foydalanish o‘rniga, yog‘ hujayralarida to‘planishiga olib keladi. Insulin miqdorini kamaytirish uchun oddiy va tozalangan uglevodlarni iste’mol qilishdan tiyilish hamda ko‘proq kletchatkaga boy mahsulotlarni yeyish kerak.

    Dori vositalari

    Antidepressantlar, qandli diabetni davolaydigan va antipsixotik singari dori vositalarining nojo‘ya ta’siri vazn ortishiga olib kelishi mumkin. Ularni qabul qilgandan keyin ishtaha ochilishi va moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga ham shunday holat yuz beradi.

    Leptin gormoni

    Semirishda muhim rol o‘ynaydigan yana bir gormon leptin yog‘ hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi hamda uning qondagi miqdori organizmdagi yog‘ foizi bilan birga oshadi. Sog‘lom odamlardagi leptin miqdori ko‘pligi, ishtaha pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. To‘la insonlarda esa aksincha leptin yetarlicha ishlamaydi.

    Zararli ammo mazali taomlarning arzonligi

    Ishlab chiqaruvchilar marketingiga ko‘ra, aynan zararli ovqat va mahsulotlar ko‘proq e’tibor tortadi. Ularning foydali mahsulotlardan arzon ekani esa vaziyatni yana ham yomonlashtiradi.

    Shakar

    Qo‘shimcha shakarning yarmi glyukoza qolgani esa fruktozadan iborat bo‘ladi. Me’yoridan ortiq iste’mol qilingan shakar, vazn ortishiga olib keladigan gormonlar va tanadagi biokimyoviy jarayonlarga ta’sir qiladi. Organizmga glyukoza turli mahsulotlar bilan, fruktozaning katta qismi esa qo‘shimcha shakar bilan kiradi. Fruktozaning me’yordan ortiq iste’moli insulin miqdorining oshishiga olib keladi.

    Dezinformatsiya

    Sog‘lom ovqatlanish haqidagi siz duch kelgan barcha ma’lumotlar ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini sotish uchun noto‘g‘ri ma’lumot tarqatadi. Yangilik saytlari esa ilmiy tadqiqot natijalarini noto‘g‘ri talqin etadi. Gap shundaki, ko‘p hollarda berilgan ma’lumot eski yoki isbotlanmagan konsepsiyalarga asoslangan bo‘ladi. Bunday ma’lumotlardan kelib chiqib vazn tashlashga urinish ijobiy natija bermaydi. Organizm va miya biokimyosini nazorat qila olmaganingiz bilan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar, qolaversa hayot tarzingizni o‘zgartirishingiz hamda kutilgan natijaga erishishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? Shifokor javob beradi
    • Qorindagi yog’larni jismoniy mashqlarsiz yo‘qotish uchun 8 tavsiya
    • O‘z-o‘zidan semirib ketishning 5 sababi

    05.02.2021, 17:59   Izoh (0)   21526
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Miya faoliyatini yaxshilaydi, yuz terisini taranglashtiradi: Qora shokoladning foydali xususiyatlari

    05.02.2021, 14:56

    Qonga infeksiya tushganidan darak beradigan 8 simptom

    04.02.2021, 16:36

    Qahva o‘rnini bosadi: Ertalabdan energiya bilan ta’minlaydigan 10 mahsulot

    04.02.2021, 08:20

    Koronavirusning “britancha” shtammi COVID-19’dan davolanganlarga yuqadimi? Ilk simptomlari qanaqa?

    03.02.2021, 19:45

    Quritilgan mevalarning foyda va zararli tomonlari

    03.02.2021, 11:58

    Sochga oq tushishi bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar

    02.02.2021, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.