Daryo

Qamchiq dovonida Mercedes yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish100 854 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Qamchiq dovonida Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning 16-yanvar kuni soat 15:50 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985-yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Foto: YHXBB

Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan Damas, Samarqandda piyoz olib ketayotgan “Buxanka” hamda Chilonzorda Nexia signalizatsiya moslamasidagi qisqa tutashuv sabab yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar