Daryo

Fransiyada keksalarga yordam berishga mo‘ljallangan robot yaratildi

Robot suhbatlasha oladi, videoqo‘ng‘iroqlar yoki o‘yinlarni ekranga chiqarib bera oladi

1 daqiqa o‘qish53 234 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Fransiyada keksalarga maishiy yumushlarda yordam berishga mo‘ljallangan robot yaratildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: TCh

Robot-sherik pandemiya vaqtida foyda beradi, chunki ko‘plab keksalar majburiy izolyatsiyadan aziyat chekmoqda.

Robot suhbatlasha oladi, videoqo‘ng‘iroqlar yoki o‘yinlarni ekranga chiqarib berishi, kvartira rejasini tuzishi, kerakli barcha qaydlarni eslatib turishi mumkin.

Foto: “Zik.ua”

Sun’iy intellekt sharofati bilan robot o‘z xo‘jayinining odatlariga moslashadi. Agarda o‘z egasining ahvoli yomonlashsa, robot favqulodda xizmatlarni yordamga chaqira oladi. Robot-yordamchining narxi 6 ming dollar atrofida.

Avvalroq Samsung uy ishlariga yordam beradigan noodatiy robotni taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar