Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivudning taniqli aktyori Tom Kruzga tegishli kolleksiyasidan qanday mashinalar o‘rin olgani uning muxlislariga qiziq bo‘lsa kerak. Deyarli xavfli tryuklarni o‘zi amalga oshiruvchi aktyor ularni ko‘pincha mashina bilan bog‘liq holda bajaradi. Filmlarda odatda klassik avtomobillar yoki mototsikllarni boshqaradigan aktyor hayotda ham eng yaxshi mashinalar to‘plamiga ega.

Buick Roadmaster, 1949

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Aktyor o‘zining klassik uslubdagi Buick Roadmaster’ini mashhur “Yomg‘ir odami” filmiga suratga tushganidan keyin sotib olgan. Suratga tushish jarayonidayoq Tom mashinaga boshqacha mehr qo‘yib ulgurgan edi, sababi u chindan ham noyob avtomobil hisoblanadi. Suratga olish ishlari yakunlangach, Tom mashinaga bog‘lanib qolganini tushungan va uni sotib olishga qaror qilgan. Keyinchalik, u aynan shu avtomobilda uzoq vaqt yolg‘iz va kimsasiz yo‘llarda sayr qilishni yoqtirishini tan olgan.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Chevrolet Chevelle SS

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ta’kidlanishicha, ushbu avtomobil aktyorning yulduz bo‘lguniga qadar ham bo‘lgan. Balki ilk kolleksiya shu avtomobildan boshlangan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, Tom mazkur mashinasini juda muvaffaqiyatli deb biladi.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Chevrolet Corvette C1, 1958

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ushbu mashina avvalgisidan farqli o‘laroq Tom mashhurlikka erishganidan so‘ng paydo bo‘lgan. 1958-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Corvette C1 korvettelarning birinchi avlodidan bo‘lib, amerikancha klassika hisoblanadi. Aktyor tez-tez sobiq rafiqasi Keti Xolms hamrohligida mazkur avtomobilni boshqarayotganini ko‘rishgan.

Porsche 911

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Aktyorning kolleksiyasidan o‘rin olgan navbatdagi ajoyib avtomobil.

Mercedes-Benz S-Klass

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ushbu mashina boshqa yulduzlarning garajida ham uchrashi tabiiy. Aktyor ham uni ehtimol, qabul qilingan tendensiyalar asosida sotib olgan.

BMW 7-Series

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

“Uddalab bo‘lmas topshiriq” loyihasi jarayonida aktyor BMW brendi bilan hamkorlik qila boshlagan. Tom kompaniya avtomobillarini ko‘plab film va reklamalarda boshqarganini ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi kompaniya aktyorga mazkur avtomobilni sovg‘a qilgan. Ko‘pincha aktyor avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tiradi, mashinani esa haydovchi boshqaradi.

Mercedes-Benz CLK-Class

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ushbu mashina keti Xolms bilan sayohat qilish uchun sotib olingan. Sababi juftlikni tez-tez birgalikda, Ketini esa boshqaruvda ko‘rishgan. Biroq juftlik ajrashgandan so‘ng na Tom va na uning rafiqasi mashinani boshqarganini ko‘rishmagan.

Bugatti Veyron 

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Aktyor kolleksiyasining javohirlaridan biri. Bugatti Veyron’ni jahon futbol yulduzlari hamda aktyorlarning garajida ko‘rish mumkin.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ford Mustang Saleen S281

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Dunyo bo‘yicha bu kabi mashinalar soni 100 taga yetadi. Kruz mashinasini tom ma’noda yaxshi ko‘radi. “Uddalab bo‘lmas topshiriq-3” filmidan so‘ng film prodyuseri mashinani aktyorga sovg‘a qilgan.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Ford Excursion

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Aktyor rafiqasi Keti Xolms bilan ajrashish vaqtida jurnalistlar uning uyi atrofida kun-u tun kutib turgan. Shuning uchun ham u oynalari qoraytirilgan uchta avtobomilni birdaniga sotib olgan. Aktyor uydan chiqishi kerak bo‘lgan vaqtda uchta mashina ham birdaniga garajdan chiqadi va jurnalistlar Tom Kruzni qaysi mashinada ekanligini bilmay, ta’qibni to‘xtatadi. Ko‘rinib turibdiki, filmdagi shunga o‘xshash sahnalar aktyorga hayotda ham foyda bergan.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Tom Kruz mototsikllarni ham mashinalaridan kam sevmaydi.

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Foto: “somanyhorses.ru”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi