Koronavirus 2020-yilning asosiy kasalligi bo‘libgina qolmay, hozirda ham unga qarshi kurashish choralari ko‘rilmoqda. Yangi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ushbu kasallikning asoratlari ham uning o‘zidek xavfli sanalmoqda. Eng achinarlisi shundaki, kasallikka duchor bo‘lganlarda o‘pka, yurak-qon tomirlar va hattoki, miya faoliyati ham zaiflikka uchrashi mumkin. Umuman, kasallikni har qanday shaklda yoki alomatsiz o‘tkazganlar nimadan iloji boricha uzoq turishi kerak, degan savolga quyida javob berilgan.

Foto: “M24.ru”

Sport bilan shug‘ullanish

Jismoniy faollik sog‘liq uchun juda muhimligi hammaga ma’lum. Shifokorlarlar jismoniy faoliyatni asta-sekin tiklashni maslahat beradi, hatto yurak jarrohligi amaliyotini o‘tkazganlarga ham. Koronavirus bilan kasallanganlar uchun sport va jismoniy tarbiya ham foydalidir, ammo faqat yurak to‘liq tekshirilgandan keyin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kasallikni alomatsiz o‘tkazganlarda ham yurak mushagi zararlanadi. Shu tufayli xavf tug‘dirmaslik uchun odatdagi mashg‘ulotlarga qaytishdan oldin kardiologga murojaat qilish lozim.

Qo‘shiq kuylash

Nafas olish gimnastikasi koronavirus bilan kasallangan bemorlarda reabilitatsiya qilishning majburiy qismlaridan biri hisoblanadi. Kasallikning har qanday shaklidan qat’i nazar, har bir bemorga tavsiya etiladi. Ammo shifokorlar o‘pkaning rivojlanishi uchun ba’zi mashhur mashqlar xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Xususan, pufaklarni ishirish yoki vokal mashqlari: o‘pkada hosil bo‘luvchi juda kuchli yuk chandiq to‘qimalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu esa o‘pkaning salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi.

Chekish

Tamaki mahsulotlari o‘pkaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sababi nafas olish organlari kasallik vaqtida allaqachon zararlangan, ularga yana ortiqcha vazifa yuklamaslik zarur.

Sauna va hammom qabul qilish

Koronavirus nafaqat o‘pkaga, balki tomirlarga ham hujum qiladi. Eng ko‘p uchraydigan asoratlari tromblar va insultdir. Qayta tiklaganidan ko‘p o‘tmay, qon tomir tizmida stressni kuchayishiga olib keladigan harakatlardan qochish kerak. Sauna yoki hammomdagi harorat va namlikning kuchli o‘zgarishi qon tomirlari uchun haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Spirtli ichimliklar ichish

Spirtli ichimlik qabul qilinganda, qon tomirlar kuchli darajada kengayadi, so‘ngra qisqaradi. Bu hatto sog‘lom insonlar uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin. Agar qon tomirlar koronavirus tufayli zaiflashgan bo‘lsa, unda bu kabi zararli odatlar chindan ham halokatli yakun topishi mumkin.