Daryo

Armaniston prezidentida COVID-19 og‘ir kechayotgani ma’lum qilindi

Armen Sarkisyan shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda

1 daqiqa o‘qish49 524 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Londonda koronavirus bilan kasallangani haqida xabar berilgandi. Prezident matbuot xizmati unda kasallik og‘ir kechayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: “RIA Novosti”

“Koronavirusga chalinish oqibatida izolyatsiya qilingan Armaniston prezidentida kasallik og‘ir kechmoqda. Prezident shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda”, — deyiladi matbuot xizmatining 8-yanvarda e’lon qilgan xabarida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sarkisyan o‘z imkoniyatlari doirasida masofadan turib ishlashni davom ettirmoqda. “Vaziyat barqarorlashgandan va shifokorlarning ruxsatidan so‘ng Armaniston prezidenti Yerevanga qaytadi”.

Eslatib o‘tamiz, prezident Armen Sarkisyan koronavirusga chalingani haqida 5-yanvar kuni ma’lum qilingandi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Armanistonda jami 161 415 kishida COVID-19 aniqlangan, kasallikdan 2 908 kishi vafot etgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar