Daryo

Sizga javobi yoqishi aniq: Qaysi mashg‘ulot yog‘larni yugurishdan ham samaraliroq eritadi?

Intensiv trenirovka metabolizmning tezlashishi uchun foydali

1 daqiqa o‘qish63 056 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Freepik

Ledi Gaga, Kim Kardashyan va boshqa mashhur mijozlarga trenerlik qiladigan Xarli Pasternakning aytishicha, kaloriyani eritishning eng yaxshi usuli yurish sanaladi.

Foto: Freepik

Intensiv mashqlar, masalan yugurganda 1 daqiqa davomida kaloriya erishi mumkin, ammo ushbu kaloriyalar organizmdagi yog‘siz to‘qimalardan ajraladi. Gap shundaki, Kuchli intensiv trenirovkadan keyin kuchliroq ovqatlanishni istash mumkin. Shu sabab ham ortiqcha vazndan qutilishni istovchilarga ko‘proq yurish tavsiya qilinadi. Ushbu jismoniy harakat, yog‘ zaxiralarini erishiga ta’sir qiladi.

“Zaldan och holda chiqqan odamlar glyutensiz bulochka va tarkibida shakar bo‘lgan sharbat olishga oshiqadi. Qancha ko‘p yeyilsa, yana shuncha ko‘p kaloriya qayta yig‘iladi, alal-oqibat barcha urinishlar besamar ketadi”, — deydi Xarli.

Trener ushbu nazariyani quyidagi statistika bilan asoslaydi: amerikaliklar kuniga o‘rtacha 4100 qadam yuradi. Unchalik to‘la bo‘lmagan mamlakat aholisining yurish ko‘rsatkichi esa 10 ming qadamni tashkil qiladi.

Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Jaklin Londonning qayd qilishicha, intensiv trenirovka metabolizmning tezlashishi uchun foydali. Uning qoshimcha qilishicha, yoqqanidan takrorlashni istaladigan va muntazam ravishda shug‘ullanadigan trenirovka mukammal bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar