Daryo

Germaniyada oqqush temiryo‘lga o‘tirib olib, 23 ta poyezd harakatini bir soatga to‘xtatib qo‘ydi

Qush o‘z do‘stining relslar ostida joylashgan elektr uzatish liniyasiga tegib ketishi oqibatida vafot etganidan so‘ng, poyezd yo‘liga o‘tirib olgan

1 daqiqa o‘qish45 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Kassel federal politsiyasi

Germaniyada temiryo‘lga o‘tirib olgan oqqush sabab 20 dan ortiq poyezd harakati vaqtincha to‘xtab qoldi, deb xabar beradi The Guardian.

Foto: Kassel federal politsiyasi

Ma’lum qilinishicha, qush o‘z do‘stining relslar ostida joylashgan elektr uzatish liniyasiga tegib ketishi oqibatida vafot etganidan so‘ng, poyezd yo‘liga o‘tirib olgan.

Oqqush sabab Kassel—Gyottingen yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi 23 ta poyezd, taxminan, 50 daqiqa ushlanib qolgan.

Ta’kidlanishicha, qushni yo‘ldan olib tashlash uchun politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yordamga chaqirilgan bo‘lib, ular maxsus qurilmalar yordamida simlarga ilashib halok bo‘lgan oqqushni olib tashlagan.

Ikkinchi oqqush esa Fulda ko‘liga qo‘yib yuborilgan.

Mavzuga doir: Amerikalik qiz kasal oqqushni qutqarish uchun tug‘ilgan kunini nishonlashdan voz kechdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar