Ayrim mamlakatlar aholisi 14-dekabr kuni Quyoshning Oy gardishi bilan to‘silishi natijasida sodir bo‘ladigan hodisa vaqtida Quyosh tojini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Kamyob astronomik holat — Quyosh tutilishi bilan bog‘liq suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Quyoshning tutilishi Argentina va Chilining ba’zi hududlarida yaqqol ko‘ringan.

Patagoniyadagi San-Antonio Oeste shahri kunduzi bir necha lahzaga zulmatga aylangan.

Braziliya, Ekvador, Peru, Urugvay va Namibiyada Quyosh botishi to‘liq ko‘rinmagan.

Rossiyaning “Elektro-L” deb nomlangan gidrometeorologik sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan surat.

Odatda Quyosh tutilishi vaqtida havo harorati keskin pasayadi.

So‘ngra yana kun yorishib ketadi.

Quyosh tutilishi.

Moskvada shahar vaqti bilan soat 19:00—19:25 da maksimal Quyosh tutilishi kuzatilgan.

Oy quyoshni butkul to‘sib qo‘ygan.

Bunday kamyob hodisani odamlar endi 2048-yilda ko‘rishi mumkin.

Astronomlarning ta’kidlashicha, 2020-yilning oxiriga qadar yana ko‘p qiziqarli hodisalar yuz berishi mumkin.









