Daryo

Dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglari ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, dunyodagi barcha yangi avtomobillarning 38 foizi oq rangga bo‘yalgan

1 daqiqa o‘qish73 184 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ferrari

Avtomobil bo‘yoqlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning Axalta Coating Systems kompaniyasi har yili o‘tkazadigan tadqiqotlari natijasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ketma-ket 10 yildan buyon yangi mashinalar orasidagi eng mashhur rang — oqligicha qolmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Ferrari

Kompaniya hisobotida yozilishicha, dunyodagi barcha yangi avtomobillarning 38 foizi oq rangga bo‘yalgan. E’tiborli jihati, bu kabi mashinalarning ulushi o‘n yildan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida 19 foiz ko‘rsatkich bilan qora rang o‘rin oldi. Top-3’likning so‘nggi o‘rni kulrangga nasib etdi — 15 foiz. Shuningdek, tahlilchilar ranglarning avtomobil segmentiga bog‘liqligini, bundan tashqari, uning geografik joylashuvini ham kuzatgan.

Masalan, Yevropada xarid qilinadigan avtomobillarning 62 foizi qora yoki kulrangda — bu yerda oq rangning ulushi sezilarli darajada kam. Xitoyda esa oq rangga talab yuqori: u yerdagi avtomobillarning 57 foizi shu rangga bo‘yalgan.

Avvalroq dunyoda bir daqiqa ichida eng ko‘p mashina ishlab chiqaradigan avtomobil kompaniyalari reytingi e’lon qilingandi.

Mavzuga doir: Qaysi avtomobillar haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini eng ko‘p buzishi aniqlandi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar