“Liverpul” va “Lion” klublari sobiq bosh murabbiyi Jerar Ulye vafot etdi.
Fransiyalik mutaxassis 13-dekabrdan 14-dekabrga o‘tar kechasi 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Ulye “Liverpul” va “Lion”dagi murabbiylik faoliyati bilan mashhur.
U mersisaydliklarni 1998—2004-yillar mobaynida boshqarib borgan va klub bilan UEFA Kubogi (2000/01-yilgi mavsum), UEFA Superkubogi (2001-yil), Angliya Kubogi (2000/01), Angliya Superkubogi (2001), ikki marta Angliya Liga Kubogi (2000/01, 2002/03) bosh sovriniga ega chiqqan. Shuningdek, Premyer Ligada 2001/02 va 2000/01-yilgi mavsumlarda mos ravishda 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
“Lion”ni 2005—2007-yillarda boshqarib, jamoa bilan ikki bor Fransiya chempioni bo‘lgan (2005/06 va 2006/07).
Shuningdek, mutaxassis “Lans”, PSJ va “Aston Villa” klublarini boshqarib borgan. Jerar bir necha yillar davomida Fransiya terma jamoasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)