Gollivud prezidentlar hayoti haqidagi filmlarni suratga olib, eng dolzarb va o‘ta nozik mavzularni ko‘tarishdan qo‘rqmasligini isbotlashga ulgurgan. “Afisha” davlat rahbarlari hayoti haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi filmlarni sanab o‘tdi.

Foto: “Afisha.uz”

“Jon F. Kennedi: Dallasdagi otishmalar” 1991

11.22.63 – Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixidagi eng qayg‘uli sanalardan biri. Shu kuni AQShning 35-prezidenti Jon Kennediga suiqasd uyushtirildi. Oliver Stounning Dallasdagi otishmalar haqidagi kartinasi oradan qariyb 30 yil o‘tsa ham kinematograf tarixidagi eng ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgan filmlardan biri bo‘lib qolmoqda. Davlat prezidentining dahshatli o‘limi haqidagi real voqealarga asoslangan bu film birdaniga ikkita Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Foto: “Afisha.uz”

“Frost Niksonga qarshi” 2008

Uotgeyt janjalidan keyin, ya’ni 1977-yildagi namoyish sabab AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson britaniyalik teleboshlovchi Devid Frostga eksklyuziv intervyu beradi. O‘zining hukmronligi va yuqorida aytib o‘tilgan janjal haqida gapirar ekan, ularning suhbati Amerika televideniyesi oltin xronikasiga kirgan intellektual janjalga aylanadi. Ron Xovardning “Piter Morgan” nomli pyesasi asosida suratga olingan “Frost Niksonga qarshi” filmi besh karra Oskar mukofotini olgan.

Foto: “Afisha.uz”

“Linkoln” 2012

Zamonaning eng yaxshi rejissorlaridan biri Stiven Spilbergning AQShning 16-prezidenti hayoti haqidagi “Linkoln” filmi Oskar mukofotiga loyiq ko‘rilgan filmlari qatoriga qo‘shildi. AQShning sevimli prezidentlaridan biri bo‘lgan Avraam Linkoln Vakillar palatasi orqali qullikdan ozod bo‘lgan. Uning prezidentligi davrida fuqarolar urushiga barham berilgan. Film Doris Kerns Gudvinning “Raqiblar jamoasi” ssenariysi asosida suratga olingan.

Foto: “Afisha.uz”

“Nikson” 1995

Film sujeti AQShning sobiq prezidenti Richard Niksonning hayotiga bag‘ishlangan. Uning prezidentligi sharmandalik bilan yakun topgan. U impichmentga yo‘l qo‘ymaslik uchun iste’foga chiqqan Amerikaning yagona prezidenti bo‘lgan. Bu emotsional drama to‘rt karra Oskar olgan.

Foto: Afisha.uz

“Amerika prezidenti” 1995

Sujet markazida AQSh prezidenti Endryu Shepard turadi. Bu obraz hayotda faqat o‘z baxtini qidirgan odam. Filmni tomosha qilgan har kishida prezident ham sevib qolishi mumkinmi, degan savol tug‘iladi. Bu film “Oltin globus” kino mukofotining beshta nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Foto: “Afisha.uz”

“Prezident samolyoti” 1997

“Prezident samolyoti” filmi AQSh havo kuchlarining eng ko‘p qo‘riqlanadigan №1 havo kemasining qo‘lga olinish tarixi bilan bog‘liq. Prezident samolyoti muzokaralardan so‘ng uning oilasi va administratsiyasi bilan havoga ko‘tarilganida kommunistlar boshchiligidagi bir guruh terrorchilar tomonidan ishg‘ol qiladi. Bunday daqiqada prezident oldida faqatgina o‘z yaqinlari hayotini saqlash vazifasi turadi. Bu film orqali prezident nafaqat xalq, balki o‘z yaqinlarini qo‘riqlovchi oila boshlig‘i ekanligi ko‘rsatiladi.

Foto: “Afisha.uz”

“Olimpning qulashi” 2013

Ushbu film voqealari bir guruh terrorchilar Oq uyga hujum qilib, prezidentni garovga olishi bilan boshlanadi. Film rejissori Antuana Fukua bosh rolga barchaning sevimli ijrochisi Jerard Batlerni tanladi. Prezidentni qutqara oladigan yagona odam esa davlat xavfsizlik xizmati sobiq boshlig‘i Mayk Ban edi. Ammo u o‘zini fosh qilib prezidentga yordam beradimi? Filmni ko‘rgach bu savolga javob topasiz.

Foto: “Afisha.uz”

“Oq uyga hujum” 2013

Film voqealari Oq uyga noma’lum shaxs tomonidan uyushtirilgan hujum bilan boshlanadi. Prezident xavfsizligini ta’minlashga mas’ul ofitser prezidenti hayotini saqlab qolishda  jasorat ko‘rsatadi. Roland Emmerixning “Oq uyga hujum” filmi MTVning “Eng yaxshi qahramon” nominatsiyasiga loyiq deb topilgan.

Foto: “Afisha.uz”

“Linkolnning o‘limi” 2013

National Geographic telekanali AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga qilingan suiqasd haqida batafsil tasmani taqdim etdi. Sujet markazida jinoyatchi Jon Uilks But turadi. U hukumatni ag‘darish uchun katta reja tuzadi. Unga ko‘ra 1865-yil 14-aprelda qurollangan Jon But Ford teatriga kirishi kerak, u yerda Linkoln spektakl tomosha qilayotgan bo‘ladi. Bu AQSh tarixida eng sirli o‘lim voqeasi bo‘lgan.

Foto: “Afisha.uz”

“Farishtaning qulashi” 2019

Yana bir bor AQSh prezidentini qutqarishga majbur bo‘lgan obrazni Jerard Batler gavdalantirdi. Ammo bu kartinada u prezident hayotiga suiqasd qilishda ayblanadi. Sadoqatli qo‘riqchi Federal qidiruv byurosidan yashirinishga va uni qurganlarni topishga majbur bo‘ladi. Aybsizligini isbotlash uchun qilgan harakatlari film voqealari shiddatini yanada oshirgan.

Bonus: O‘zbekiston Prezidenti faoliyati haqidagi “Janob Prezident” filmi.

Foto: “Afisha.uz”

“Janob Prezident” 2018

2018-yilning iyul oyi oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqidagi hujjatli film suratga olindi. Unda prezident qishloqlarda hayot sifatini yaxshilash, xalqning turmush tarzidagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonni qanday loyihalar kutayotganligi haqida so‘zlaydi.