Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung kompaniyasi juda katta televizori — 4K sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 110 dyuymli MicroLED TV’ni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Hozircha yangi modelni faqat Janubiy Koreyada oldindan buyurtma qilish mumkin, biroq kompaniya keyingi yilning birinchi choragidan global savdolarni yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda. Yangi televizorning narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, biroq 146 dyuymli ulkan Samsung The Wall narxidan (100 ming dollar) kelib chiqiladigan bo‘lsa, arzon emasligi aniq.

Bu qadar qimmat televizor dizayn va komponovka borasida o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lishi kerak. Yangi televizorning ham qiziqarli tomonlari bor. Masalan, ekran frontal panelning 99,99 foizini egallagan. Ya’ni hech qanday hoshiya yo‘q: aftidan, matritsani tashqi dunyodan faqat metall hoshiya ajratib turadi. Shu bilan birga, Samsung unga “tashqi ovoz kuchaytirgichlarsiz 5,1 kanalli ovozni taqdim etishga qodir” Majestic tizimini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Shuningdek, televizor DCI-P3 va Adobe RGB ranglar makonini to‘liq egallagan, HDMI 2.1 porti bilan jihozlangan va ekranga kontent to‘rtta turli manbadan uzatiladi.

Yangi televizor haqida batafsil ma’lumotlar 2021-yilning yanvarida o‘tkaziladigan CES ko‘rgazmasida e’lon qilinadi.

Avvalroq LG’ning “rulon-televizor”i 88 ming dollar qiymatida sotuvga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda