Daryo

Pavel Durov AQShda 2020-yilning “asosiy bezorisi”ga aylandi

Ta’kidlanishicha, Telegram borgan sari g‘arb auditoriyasida ommaviy harakatlarni tashkillashtirish vositasi sifatida mashhurlikka erishmoqda

1 daqiqa o‘qish60 296 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Telegram asoschisi Pavel Durov Amerikaning Politico nashri tomonidan tuzilgan 2020-yilgi reytingda “asosiy bezori”ga aylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

“Ijtimoiy mediaga dunyoni birlashtirish vositasi sifatida qarab kelingan, biroq buning o‘rniga ular odamlarni bir-birdan uzoqlashtirmoqda — rossiyalik tadbirkor Pavel Durov o‘zining Telegram messenjeri bilan aynan ushbu fenomenni tasdiqlamoqda”, — deya qayd etadi nashr.

Messenjerning o‘zi “sirli yaratuvchisi ideallarini aks ettiruvchi” so‘z erkinligi maskani, deb ta’riflangan.

Ta’kidlanishicha, dastur borgan sari G‘arb auditoriyasida ommaviy harakatlarni tashkillashtirish vositasi sifatida mashhurlikka erishmoqda.

“Facebook va Twitter kabi platformalar yolg‘on axborotlarga va zo‘ravonliklarga undashga qarshi kurashayotgan bir paytda, Telegram shu kabi materiallarning katta qismi uchun boshpanaga aylandi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari ro‘yxatdan quyidagi insonlar ham o‘rin olgan:
  • Terri Breton — Yevropa Ittifoqi ichki bozori masalalari bo‘yicha yevrokomissar, Fransiyaning sobiq moliya vaziri;
  • Jorda Meloni — italiyalik ultrao‘ng siyosatchi, “Italiya og‘alari” partiyasi yetakchisi;
  • Maks Shrems — avstriyalik faol, Facebook’ning shaxsiy ma’lumotlarni buzishiga qarshi o‘tkazgan kampaniyalari bilan tanilgan;
  • Stefan Xarbart — Germaniya Federal konstitutsion sudi raisi;
  • Vladimir Putin — Rossiya prezidenti;
  • Joan Rouling — ingliz yuzuvchisi, Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi;
  • Nikola Sterjen — Shotlandiya birinchi vaziri;
  • Roxaya Diallo — fransiyalik jurnalist, yozuvchi va irqchilik, gender va diniy tenglik tarafdori.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar