Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda oxirgi ikki yil ichida chaqaloq savdosi bo‘yicha 49 nafar ota-ona va 38 nafar vositachi ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo aybdorlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashda yengilliklar berib yuborilmoqda. Misol uchun, 2019—2020-yillarda farzandini sotgan ota-onalarning 38,8 foiziga, vositachilarning esa bor-yo‘g‘i 5,2 foiziga qamoq chorasi qo‘llanilgan, xolos. Qolganlariga esa sinov muddati, axloq tuzatish ishlariga jalb etish kabi choralar qo‘llanilgan. Bu haqda 4-dekabr kuni Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva chaqaloq savdosi ishtirokchilariga nisbatan jinoiy jazoni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab, IIV va Oliy sud vakillariga topshiriq berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
Chaqaloq savdosi bilan bog‘liq jinoyat aybdorlarining ko‘pchiligiga qamoq jazosi o‘rniga yengil jazolar qo‘llanilyapti. Bizni xalqaro tashkilotlar mana shu borada juda ko‘p tanqid qilmoqda. Ular “Qonunlarda belgilangan bo‘lsa ham sizlar jinoiy javobgarlikka tortmaysizlar”, deyishyapti. Jazoni yengil berilishi xalqaro reytinglarda ham o‘rnimizni tushirib yubormoqda. Men reyting uchun ishlanglar, demayapman. Lekin jinoyatchi qilmishiga yarasha jazosini olishi kerak-da. Bola sotyapti-yu, lekin yengilgina jazo olsa yoki ogohlantirish orqali ma’lum miqdorda jarima to‘lab qo‘ya qolsa, bu nima degani? Ertaga bu ishni yana qilaveradi.

Avtomobil o‘g‘irlashga nisbatan jinoiy javobgarlikni kuchaytirganimizdan keyin mashina o‘g‘rilari keskin kamayib ketdi, to‘g‘rimi? Chaqaloq savdosi qatnashchilariga ham jazoni kuchaytirish kerak, nazarimda. Qonunlarni qat’iylashtirishga Qonunchilik palatasi ham, biz ham tayyormiz. Bu masalani jiddiy va tezkorlik bilan ko‘rib chiqmasak, bu jinoyat davom etaveradi. Oliy sud va Ichki ishlar vazirligi vakillari birgalikda ishlab, shu bo‘yicha taklif kiritasizlar.

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati raisi 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi