Daryo

iPhone qurilmalari quvvati tez tugab qolyapti. Bunga iOS 14.2 aybdor

Apple’ning o‘zi esa foydalanuvchilarning shikoyatiga biror izoh bermagan

1 daqiqa o‘qish25 132 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

2020-yilning oktabr oyida taqdim etilgan yangi iPhone 12 smartfonining foydalanuvchilari gadjet ekrani bloklangan holatda ham quvvati tez tugayotganidan shikoyat qilishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Reddit foydalanuvchilarining ta’kidlanishicha, mazkur muammolarning yuzaga kelishiga iOS 14.2 sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Muammoga duch kelganlarning deyarli barchasi bir xil ssenariy haqida gapirmoqda — akkumulyator quvvati tezroq tugab, quvvat olishi sekinlashgan. Hatto ayrim holatlarda smartfonning 50 foiz quvvati yarim soatda tugab qolmoqda.

MacRumors nashrining yozishicha, bu iOS 14.2’ga bog‘liq, chunki muаmmo tizimning ushbu versiyasi taqdim etilganidan so‘ng, darhol paydo bo‘lgan. Aftidan, avtonomlikning kamayishi birinchi navbatda eski, xususan, iPhone XS’dan iPhone 6S’ga qadar bo‘lgan modellarga tegishli. iPhone 12 egalari ham bu kabi muammolardan shikoyat qilyapti.

Ta’kidlanishicha, yangilangan iOS 14.2.1 ushbu muammoni hal etmaydi. Biroq hozirda iOS 14.3’ning ochiq beta-testlari o‘tkazilmoqda — unda ehtimol, muammo bartaraf etilgan. Apple’ning o‘zi esa foydalanuvchilarning shikoyatiga biror izoh bermagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar