Daryo

Soch to‘kilishiga butunlay barham berish usuli ma’lum qilindi

Bu haqda britaniyalik trixolog Filipp Kingsli ma’lumot bergan

1 daqiqa o‘qish57 641 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

Sochning normal o‘sishi uchun organizmga ko‘p hollarda B 12 vitamini yetishmaydi. Bu haqda britaniyalik trixolog Filipp Kingsli ma’lumot berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Freepik

Mutaxassisning aytishicha, B 12 asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, DNK ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga qizil qon tanachalari uchun ham ahamiyatli hisoblanadi va ularga to‘qimalar hamda soch follikulalarini kislorod bilan ta’minlash imkonini beradi.

Sochlarga B12 yetishmaganda sochlar yetarli miqdorda kislorod bilan to‘yinmaydi va buning oqibatida normal o‘sishdan to‘xtaydi va to‘kila boshlaydi.

Ushbu vitaminga bo‘lgan yetishmovchilikni maxsus qo‘shimcha va boshqa mahsulotlar iste’moli orqali olsa bo‘ladi.

Tovuq go‘shti, jigar, tuxum, losos, sut, soya suti, shuningdek boshoqli o‘simliklar va xamirturush B12 vitaminining koni hisoblanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar