Daryo

Video: Sochlarni chiroyli jingalak qilishning eng oddiy usuli

Uy sharoitida ham sochlarni zamonaviy turmaklash mumkin

1 daqiqa o‘qish98 853 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy ochag”

Ayni damda sochlarni mukammal turmaklash urfdan qolgan. Shunchaki betartib jingalak qilish orqali ham chiroyli ko‘rinish hosil qilish mumkin. Quyidagi ko‘rsatma bo‘yicha buni o‘rganib olish juda oson.

Foto: “Domashniy ochag”
  • Sochlar avval yuviladi va yaxshilab quritiladi.
  • Sochlarni jingalak qilish qulay bo‘lishi uchun ular uch qismga ajratiladi.
  • Jingalak qilish tartibi pastki qismdan boshning yuqorisiga qarab amalga oshiriladi.
  • Sochlar katta-katta jingalak bo‘lishi uchun moslamaga soch tutami erkin o‘raladi.
  • Soch yuzga qarama-qarshi tomonga qayriladi.
  • Jarayon yakunida sochlar yirik tishli taroq yordamida tarab yuboriladi.
Shuningdek:
  • Soch to‘liq jingalak bo‘lishi uchun uskunaning to‘lqinsimonini ishlatish kerak.
  • Aksincha ularni tekislash uchun soch dazmolidan foydalaniladi.
  • Istalgan natijaga erishish uchun uskuna tik tutilishi kerak.
  • Albatta, sochlarning hammasini ham bir xilda jingalak qilish oson emas. Bu tajribaga bog‘liq, vaqt o‘tishi bilan bunday natijaga ham erishish mumkin.
  • Sochning uchini jingalak qilish shart emas, uch qismi o‘z holicha qolishi kerak.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar