Daryo

Xiaomi texnologiyalari nima uchun qimmatlagani ma’lum qilindi

Kompaniyaning eng qimmat uyali telefoni – Xiaomi 10 Extreme Commemorative Edition 1000 dollardan oshadi

1 daqiqa o‘qish22 330 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “ixbt.com”

Xiaomi bosh direktori Ley Szyun kompaniya bilan bog‘liq tushunmovchilik mavjudligini ma’lum qildi, deb yozadi “IXBT”.

Foto: “IXBT”

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik Xiaomi nafaqat arzon qurilmalarni, balki sifatsiz mahsulotlarni ham ishlab chiqaradi, deb o‘ylaydi. Xiaomi o‘n yil oldin internetdan foydalanish butun dunyo bo‘ylab Xitoyning sifatsiz mahsulotlarini tanqid qilish muammosini hal qiladi, deb umid qilgan. Lekin o‘n yillik faoliyatdan keyin ham ko‘pchilik Xiaomi qurilmalari hali ham past darajada, deb fikrda.

Kompaniya yetakchisining ta’kidlashicha, narxi qimmat qurilmalarning ishlab chiqarilishiga sabab Xiaomi texnologik jihatdan ancha rivojlanib, uning mahsulotlari butun dunyoga tanilgan hamda sifat borasida yetakchi hisoblanadi. Kompaniyaning eng qimmat uyali telefoni – Xiaomi 10 Extreme Commemorative Edition 1000 dollardan oshadi, 98 dyuymli Xiaomi Redmi Smart TV Max esa 3000 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, ikkala mahsulot ham qurilmalar orasida mashhurlikka erishgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar