Singapur Axborot, aloqa va san’at vazirligi tarkibiga kiruvchi IMDA regulyatori mamlakatda yangi Redmi smartfonining taqdim etilishiga ruxsat berdi, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 9’ga bag‘ishlangan reklama kampaniyasini boshlashi, 24-noyabr kuni esa to‘laqonli taqdimot o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

Smartfonning model raqami — M2007J22G. Odatda model raqamining oxiridagi G harfi smartfonning global versiyaligini bildiradi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, gap 5G aloqa tarmog‘i va NFC’ni qo‘llab-quvvatlaydigan Redmi Note 9’ning global versiyasi haqida ketmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Redmi Note 9’ning original lineykasi allaqachon Xitoydan boshqa butun dunyoda taqdim etilgan, ushbu mamlakat uchun yangi mutlaqo yangi lineyka tayyorlanmoqda, qolgan davlatlarda esa taxminan Redmi Note 10 nomiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda Redmi Note 9 5G va Redmi Note Pro 5G, shuningdek, Redmi Note 9 4G taqdim etilishi kutilmoqda. Shu sababli global bozorda ham mos ravishda Redmi Note 10 5G va Redmi Note 10 Pro 5G, shuningdek, Redmi Note 10 4G paydo bo‘ladi. Redmi Note 9 modeli 6,53 dyuymli, Pro — 120 gerts yangilanish chastotasiga ega 6,67 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.