Daryo

Xiaomi Redmi Note 9 5G: smartfonning ilk surati va texnik tavsifiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Redmi Note 9 modeli MediaTek Dimensity 800U protsessori va sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyatorga ega bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish55 652 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Xitoying TENNA regulyatorida 5G aloqa standartini qo‘llab-quvvatlash funksiyasiga ega Redmi Note 9 va Note 9 Pro’ga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Smartfon yaqin oylar ichida taqdim etilishi kerak, deb yozadi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Ikkala smartfon ham o‘xshash dizaynga ega, biroq texnik jihatlari bir-biridan katta farq qiladi. Redmi Note 9 modeli 6,53 dyuymli, Pro — 120 gerts yangilanish chastotasiga ega 6,67 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, asosiy kameralari ham farq qiladi — 48 megapikselga qarshi 108 megapiksel.

Redmi Note 9 modeli MediaTek Dimensity 800U protsessori va sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyatorga, Note 9 Pro esa Snapdragon 750G va 4820 mA/soat batareyaga ega bo‘ladi. Shuningdek, 4/12 gigabaytli tezkor hamda 64/256 gigabaytli ichki xotiraga ega modellar ham taqdim etiladi.

Ikkala smartfonning ham yon tomoniga barmoq izi skaneri, Android 10 operatsion tizimi va microSD-kart sloti o‘rnatiladi.

Yangi modellarning narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, Xiaomi taqdim sanasini ham rasman ma’lum qilmagan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yangilangan Redmi Note 9 lineykasi noyabrda — avvalgi modellar anonsidan yarim yil o‘tib taqdim etiladi.

Avvalroq Xiaomi kelajakdagi Redmi, Poco va Xiaomi smartfonlariga o‘rnatiladigan funksiyalarni tanlashni taklif etayotgani ma’lum bo‘lgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar