Daryo

Alyaskada yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida ayiqni urib yubordi

Boeing’ning chap dvigateliga shikast yetgan

1 daqiqa o‘qish53 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNN

Alaska Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-700 samolyoti Yakutat shahridagi aeroportga qo‘nish vaqtida qo‘ng‘ir ayiqni urib yubordi, deb xabar beradi CNN.

Foto: CNN

Ekipaj qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagini kesib o‘tayotgan ikkita yirtqichni payqagan. Uchuvchilar ayiqlarni samolyot ostidagi yo‘lakni kesib o‘ta oladigan tarzda o‘tkazib yuborgan, biroq shundan so‘ng kapitan havo kemasining chap bortida zarba sezgan. Ayiqning jasadi uchish-qo‘nish yo‘lagi markazidan bir necha metr naridan topilgan.

Samolyot bortida ekipaj a’zolaridan tashqari yana olti yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hech biriga jarohat yetmagan. Boeing’ning chap dvigateliga shikast yetgan.

Shtatning transport departamenti matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu Alyaskada samolyot urib yuborgan birinchi ayiq bo‘lishi mumkin. Bunga qadar havo kemalari qushlar va boshqa hayvonlar bilan to‘qnashgan.

CNN’ning yozishicha, 1987-yilda Boeing 737-200 Alaska Airlines uchish vaqtida baliq bilan to‘qnashib ketgan. U uchuvchilar kabinasi ustidan uchib o‘tgan burgutning changalidan tushib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Moskva—Afina reysidagi yo‘lovchi samolyoti Sheremetyevo aeroportida odam urib yuborgan edi. Keyinroq halok bo‘lgan shaxs Ispaniyadan deport qilingan va Moskva orqali Yerevanga yo‘l olishi lozim bo‘lgan 25 yashar Armaniston fuqarosi bo‘lgani aniqlangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar