“Roskomnadzor” Telegram’da o‘z kanalini yurita boshladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qayd etilishicha, “Roskomnadzor” kanalni 29-oktabrda ochgan — shu kuni unda birinchi post joylangan. Kanal ochilgani haqida avval rasman xabar berilmagan.
Telegram Rossiyada 2018-yil aprelidan 2020-yil iyunigacha ikki yildan ko‘proq vaqt davomida bloklangan.
Messenjerning bloklanishiga Telegram rahbariyatining Rossiya federal xavfsizlik xizmati vakillariga foydalanuvchilarning yozishmalari yuzasidan shifrlash kalitlarini taqdim qilmagani sabab bo‘lgandi.
Unga kirishni cheklash uchun “Roskomnadzor” bir necha million IP-manzilni, xususan bloklashni aylanib o‘tish uchun vosita sifatida foydalanilgan Amazon tarmog‘i ostidagi manzillarni ham bloklagan. Ilovani bloklashga qilingan harakatlarga qaramay, Telegram Rossiya hududida aholi tomonidan barqaror ishlashda davom etgan.
Izoh (0)